Sobiq Uy-joy kommunal xöjaligi vaziri va Nurafşon şahar hokimi lavozimlarida işlagan Muzaffar Soliyev 7 yilga qamaldi. U davlat mulkini talon-toroj qiliş va mansab soxtakorligi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topildi.
Sud hukmida keltirilişiça, Muzaffar Soliyev Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri lavozimida işlab kelib, mansabdor şaxs bölgan holda jinoiy şeriklari bilan katta miqdordagi davlat mablağlarini talon-toroj qilgan. U vazirlik huzuridagi «Kommunxizmat» agentligi, «Sirdaryo suv ta’minoti» MÇJ, Jahon banki loyihalarini muvofiqlaştiriş guruhi, Janubiy Koreyaning «Hyunsang Constructon Co.Ltd», Ozarboyjonning «Caldash» va «Texno-Atinak LTD», Xitoyning «China Petroleum Pipeline Engineering Co. Ltd», Birlaşgan Arab Amirliklarining «Constanta limited», Şvetsariyaning «Eler New energy power AG» korxonalari hamda «Texno-Atinak Tashkent» MÇJning mansabdor va moddiy javobgar şaxslari bilan til biriktirgan.
Jinoiy guruh talon-torojlikni asosan «Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tuman markazlarini içimlik suvi bilan ta’minlaşni yaxşilaş» loyihasi doirasida amalga oşirgan. Mazkur loyiha qiymati 138,65 mln (Jahon banki tomonidan 88 mln, davlat budjetidan 51 mln) AQŞ dollari bölib, u Jahon banki iştirokida amalga oşirilgan. Loyiha doirasida Sirdaryo viloyatining 155 ta qişloq aholi punktlarida yaşovçi 354 ming aholini içimlik suvi bilan ta’minlovçi, quvvati 154 ming metr kub/sutka bölgan suv oliş inşooti, 1 064 km suv tarmoği, 57 ta suv tarqatiş inşooti, 35 ta suv minorasi quriş rejalaştirilgan.
Muzaffar Soliyev va uning jinoiy şeriklari uşbu loyiha doirasida 10 ta holatda bajarilmagan işlarni qöşib yoziş va boşqa şakllarda jami 5 mln AQŞ dollaridan ortiq mablağni talon-toroj qilib, taqsimlab olişgan. Ularning eng katta “işi” 2 mln dollar bölgan: jinoiy guruh 2 mln 8 455 ming dollar miqdoridagi iş turlari amalda bajarilmagan bölsa-da, soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritilgan tölov sertifikatlari va tölov buyurtmanomalarini tuzib, ularni Jaxon bankiga taqdim qilgan. Söngra uşbu mablağni «China Petroleum Pipeline Engineering Co. Ltd» korxonasiga ötkazişga erişib, naqdlaştirgan holda özaro taqsimlab olgan.
Sud hujjatiga köra, dastlabki tergov davrida Muzaffar Soliyevning bir neçta mulklari xatlangan. Jumladan, uning nomidagi Lada maşinasi (149 mln sömlik), Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumani Mirobod mahallasidagi uy (1 mlrd 976 mln sömlik), turmuş örtoğining nomida bölgan Tracker maşinasi (204 mln sömlik), Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanidagi (1 mlrd 229 mln sömlik) hamda Mirobod tumanidagi (1 mlrd 846 mln sömlik) xonadonlar, şuningdek, Soliyevning uyidan olingan 14 600 AQŞ dollari xatlanib, yetkazilgan zararni qoplaşga qaratilgan.











