1 avgust kuni Rossiya Federatsiyasida keng kölamli mahbuslar almaşinuvi doirasida ozod etilgan rossiyalik muxolifatçi siyosatçi va publitsist Vladimir Kara-Murza va uning oilasi Oq uyda AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda dpa agentligi 16 avgust, juma kuni. Xabarda sobiq siyosiy mahbusning Amerika davlati rahbari bilan muloqoti tafsilotlari keltirilmagan.
42 yoşli Rossiya fuqarosi Vladimir Kara-Murza Britaniya fuqaroligiga ham ega. Bundan taşqari, Kara-Murza «yaşil karta»ga ega, bu unga Qöşma Ştatlarda doimiy yaşaş huquqini beradi, deya ta’kidlaydi dpa. Ozodlikka çiqqandan söng siyosatçi Germaniyaga olib ketilib, u va boşqa sobiq siyosiy mahbuslarni Keln/Bonn aeroportida Germaniya kansleri Olaf Şols kutib oldi.
Vladimir Kara-Murza, şuningdek, uşbu almaşinuv doirasida ozod etilgan siyosatçi Ilya Yaşin va jamoat arbobi Andrey Pivovarov 2 avgust kuni Deutsche Welle tahririyatida jurnalistlar bilan uçraşdi.
Uşbu uçraşuvda Kara-Murza Rossiyadan Turkiyaga uçayotgan samolyotda ozod etilgan siyosiy mahbuslarga hamrohlik qilgan fuqaro kiyimidagi «FSB» xodimining iborasini esladi: «Mana, qarang, siz öz vataningizni oxirgi marta köryapsiz». «Unga şunday dedim: men tarixçiman, nafaqat işonaman va öylayman, balki aniq bilamanki, men va barçamiz Rossiyaga albatta qaytamiz. Rossiya erkin, normal böladigan kun kelişini aniq bilaman, bu kun kelişiga mutlaqo şubham yöq», - dedi Kara-Murza.
Vladimir Kara-Murza işi
2023 yil aprelida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini tanqid qilgan Vladimir Kara-Murza «vatanga xiyonat», «nomaqbul taşkilot bilan hamkorlik qiliş» va armiya haqidagi «feyklar» moddalari böyiça 25 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilindi. Hukm çiqarilgunga qadar siyosatçi bir yilni hibsda ötkazgan, garçi himoya tomoni soğliği sababli uni tergov izolyatorida uşlab turiş mumkin emasligini ta’kidlagan.
Inson huquqlari taşkilotlari Vladimir Kara-Murzani siyosiy mahbus sifatida tan oldi. AQŞ kongressmenlari Oq uyni rossiyalik siyosatçini «noqonuniy qölga olinganlar» röyxatiga kiritişga çaqirdi.
Şu yilning may oyi boşida Vladimir Kara-Murza Pulitser mukofoti laureati böldi.
Rossiya, Belarus va Ğarb örtasida keng kölamli mahbuslar almaşinuvi

















