Özbekistonda JETOUR va SOUEAST: yangi gibrid modellar, dilerlik tarmoğini rivojlantiriş va mahalliy işlab çiqariş istiqbollari
|19:001 51710 min
Reklama
Yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillar qatorini kengaytiriş, dilerlik infratuzilmasini rivojlantiriş hamda mahalliy hamkor - Urgench Auto Motors bilan hamkorlik orqali JETOUR va SOUEAST Özbekistondagi faoliyatini izçil kengaytirmoqda. Strategiyalar markazida zamonaviy avtomobil texnologiyalari, mijozlar qulayligi va uzoq muddatli sanoat hamkorligi istiqbollari masalalari turibdi.
Foto: JETOURFoto: JETOUR
Özbekiston avtomobil bozori xaridorlarning özgarib borayotgan talablariga mos ravişda rivojlanmoqda. Bugungi kunda avtomobil tanlaşda nafaqat dizayn va texnik xususiyatlar, balki funksionallik, qulaylik, texnologik yeçimlar, dvigatel tizimining samaradorligi hamda servis xizmatlaridan foydalaniş imkoniyati ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunday şaroitda JETOUR va SOUEAST öz modellar qatorini kengaytirmoqda va şahar böylab kundalik safarlardan tortib, oilaviy sayohatlar hamda asfalt qoplanmagan yöllarda harakatlanişgaça bölgan turli vaziyatlar uçun yeçimlarni taklif etmoqda. Yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillar (NEV) segmenti, jumladan, elektr uzatmasi va içki yonuv dvigatelini özida birlaştirgan ulanadigan gibrid avtomobillar rivojlanişning asosiy yönalişlaridan biriga aylanmoqda.
Bunda brendlar strategiyasi yangi modellarning paydo bölişi bilan çeklanmaydi. Dilerlik tarmoğini rivojlantiriş, avtomobil egalarini qöllab-quvvatlaş va mahalliy hamkor bilan hamkorlik qiliş JETOUR va SOUEASTning Özbekiston bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlaş uçun asos yaratadi.
Beşta gibrid model - turli foydalaniş ssenariylari
Modellar qatorining kengayişi brendlarga bozorning turli segmentlarini qamrab oliş hamda xaridorlarning şaxsiy ehtiyojlarini inobatga oliş imkonini beradi. JETOUR qatorida uçta - G700, T1-iDM va T2-iDM modellari taqdim etilgan bölsa, SOUEAST uşbu taklifni S08 DM va S06 DM modellari bilan töldiradi.
Ularning har biri zamonaviy texnologiyalar, qulaylik va funksionallikni uyğunlaştiriş borasida öziga xos yondaşuvni aks ettiradi.
JETOUR G700 brendning flagman yönalişini namoyon etib, yorqin dizayn, yöltanlamas konsepsiyasi, yuqori darajadagi qulaylik va zamonaviy texnologik yeçimlarni özida mujassam etgan. Uşbu model avtomobilni turli şaroitlarda foydalaniş mumkin bölgan universal harakatlaniş vositasi sifatida köradigan xaridorlar uçun möljallangan.
JETOUR T1-iDM zamonaviy texnologiyalarni kundalik safarlar va sayohatlar uçun qulaylik bilan uyğunlaştirib, gibrid yöltanlamaslar segmentida tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi.
JETOUR T2-iDM öziga xos qirrali dizaynga ega yöltanlamasning taniş konsepsiyasini rivojlantiradi. Gibrid texnologiya uning faol turmuş tarziga hamda turli yöllarda harakatlanişga moslaşganini yanada taʼkidlaydi.
Öz navbatida, SOUEAST S08 DM va SOUEAST S06 DM kundalik foydalanişda qulaylik, funksionallik va zamonaviy texnologiyalar muhim bölgan xaridorlarga möljallangan.
Mavzuga oid
Flagman SOUEAST S08 DM - katta oilalarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda işlab çiqilgan, yetti örinli, taşqi manbadan quvvatlanadigan gibrid yöltanlamasdir. Uç qatorli örindiqlar, keng salon, multimedia imkoniyatlari va qulaylik funksiyalarining keng töplami uni şahar içidagi yönalişlar uçun ham, uzoq safarlar uçun ham mos avtomobilga aylantiradi.
SOUEAST S06 DM modellar qatorini töldirib, yaxşi jihozlangan zamonaviy gibrid avtomobillarni körib çiqayotgan xaridorlar uçun yana bir maqbul variantni taqdim etadi.
Umuman olganda, uşbu beşta model tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi: xaridorlar öz turmuş tarzi, odatiy yönalişlari, kenglikka bölgan talablari va jihozlaniş borasidagi afzalliklaridan kelib çiqib tanlov qilişlari mumkin. Bunday yondaşuv brendlarga öz takliflarini bitta universal avtomobil konsepsiyasiga tayangan holda emas, balki auditoriya ehtiyojlarining xilma-xilligi asosida rivojlantiriş imkonini beradi.
Dilerlik tarmoği va servis: xaridorlar işonçining asosi
Avtomobil brendining bozorda uzoq muddatli örin egallaşi nafaqat modellar qatori, balki xariddan keyin maslahat oliş, texnik xizmat körsatiş va qöllab-quvvatlaş imkoniyatlarining mavjudligi bilan ham belgilanadi.
Bugungi kunda Özbekistonda 16 ta JETOUR va 12 ta SOUEAST dilerlik markazi faoliyat yuritmoqda.
Tarmoqning rivojlanişi brendlar bilan hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi: xaridorlar avtomobillar bilan tanişişi, ularning komplektatsiyalari va xarid qiliş şartlari böyiça maslahat olişi, şuningdek, mavjud servis xizmatlari haqida maʼlumotga ega bölişi mumkin.
Zamonaviy avtomobillar, jumladan, gibrid kuç qurilmalari bilan jihozlangan modellar uçun mutaxassislar malakasi, töğri diagnostika hamda texnik xizmat körsatişda işlab çiqaruvçi talablariga rioya etiş alohida ahamiyat kasb etadi.
Şu bois dilerlik infratuzilmasini rivojlantiriş şunçaki qamrov geografiyasini kengaytiriş emas, balki mijozlarga xizmat körsatiş sifatining muhim tarkibiy qismidir. U avtomobildan foydalanişning butun davri mobaynida uning egalari bilan samarali muloqotni yölga qöyiş hamda xaridorlar bilan uzoq muddatli munosabatlar uçun mustahkam zamin yaratiş imkonini beradi.
Urgench Auto Motors bilan hamkorlik va mahalliylaştiriş istiqbollari
Özbekistonda JETOUR va SOUEASTʼni rivojlantirişning yana bir yönalişi mahalliy hamkor - Urgench Auto Motors kompaniyasi bilan hamkorlik şartnomasini imzolaş böldi.
Bitim brendlarning mamlakatdagi iştirokini rivojlantiriş va Özbekiston hududida yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi (NEV) avtomobillarni işlab çiqariş istiqbollarini örganişga qaratilgan.
Uzoq muddatli maqsadlar qatorida işlab çiqarişni, şu jumladan, butlovçi qismlarni bosqiçma-bosqiç mahalliylaştiriş imkoniyati körib çiqilmoqda. Bunday taşabbuslarni amalga oşiriş texnologik tayyorgarlik, işlab çiqariş jarayonlarini taşkil etiş va mahalliy sanoat bilan hamkorlikni rivojlantirişni öz içiga oladi.
Mamlakat avtomobil bozori uçun bunday loyihalar sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, işlab çiqariş salohiyatini rivojlantiriş va texnologik hamkorlikni mustahkamlaş istiqbollarini oçadi. Bunda mahalliylaştiriş izçil jarayon bölib, uning bosqiçlari va şart-şaroitlari alohida işlab çiqişni talab etadi.
Hozirgi bosqiçda erişilgan kelişuvlar va kelgusi rejalarni farqlaş muhim: kelişuv hamkorlik imkoniyatlarini örganiş uçun asos yaratadi, işlab çiqariş loyihalarini amalga oşirişning aniq parametrlari va muddatlari esa hamkorlarning keyingi qarorlariga boğliq.
Kafolatli qöllab-quvvatlaş va mijoz oldidagi masʼuliyat
Avtomobil sotib olingandan söng uning egalari bilan doimiy aloqada böliş JETOUR va SOUEAST yondaşuvining muhim qismi bölib qolmoqda. Texnik xizmat körsatiş, foydalaniş böyiça maslahatlar va kafolatli qöllab-quvvatlaş brendga işonçni şakllantirişda muhim rol öynaydi.
Amaldagi kafolat şartlariga muvofiq, gibrid modellar 5 yil yoki 200 000 km masofa uçun kengaytirilgan kafolatga ega.
Taşqi manbadan quvvatlanadigan gibrid kuç qurilmasiga ega avtomobillarni körib çiqayotgan xaridorlar uçun malakali servis xizmatining mavjudligi va tuşunarli kafolat şartlari yakuniy qaror qabul qilişda muhim omilga aylanmoqda.
Dilerlik tarmoğini rivojlantiriş bilan bir qatorda, kafolatli qöllab-quvvatlaş model bilan tanişiş va avtomobilni tanlaşdan tortib, uni kundalik foydalanişgaça bölgan yanada izçil mijoz tajribasi uçun asos yaratadi.
Gibrid texnologiyalar - özgaruvçan bozorning bir qismi
Yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillar yönalişini rivojlantiriş JETOUR va SOUEASTʼning Özbekistondagi xaridorlar uçun zamonaviy texnologik yeçimlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga bölgan intilişini aks ettiradi.
Taşqi manbadan quvvatlanadigan gibrid avtomobillar elektr uzatmasi va içki yonuv dvigateli imkoniyatlarini birlaştiradi. Bunday arxitektura avtomobildan foydalanişni yönalişlar xususiyatlari va foydalaniş şaroitlariga moslaştiriş, kundalik safarlarni uzoq masofalarga sayohat qiliş imkoniyati bilan uyğunlaştiriş imkonini beradi.
Biroq uşbu segmentning rivojlanişi faqat avtomobillarning texnologiyalari bilan belgilanmaydi. Xizmat körsatiş infratuzilmasining mavjudligi, mutaxassislarning malakasi, mijozlarni qöllab-quvvatlaş sifati va mahalliy bozordagi iştirokni izçil rivojlantiriş ham muhim ahamiyatga ega.
Aynan uşbu yönalişlarning uyğunligi JETOUR va SOUEASTʼning rivojlanişini mahsulot yeçimlari, mijozlarga xizmat körsatiş va sanoat hamkorligi istiqbollarini birlaştirgan kengroq strategiya sifatida köriş imkonini beradi.
JETOUR va SOUEAST: uzoq muddatli faoliyat strategiyasi
Modellar qatorini kengaytiriş, dilerlik infratuzilmasini rivojlantiriş va Urgench Auto Motors bilan hamkorlik qiliş JETOUR hamda SOUEASTning Özbekistondagi rivojlanişiga oid özaro boğliq bölgan uçta yönalişni şakllantiradi.
Birinçisi - xaridorlarning turli ehtiyojlariga javob beruvçi zamonaviy avtomobillarni taklif etiş. Ikkinçisi - avtomobildan qulay foydalaniş uçun zarur bölgan mijozlar infratuzilmasini rivojlantiriş. Uçinçisi - kelgusida sanoat hamkorligi va işlab çiqarişni mahalliylaştiriş imkoniyatlarini örganiş.
Bunday yondaşuv brendlarga nafaqat assortimentni kengaytiriş, balki xaridorlar hamda mahalliy hamkorlar bilan uzoq muddatli munosabatlar örnatiş orqali ham bozordagi öz örnini mustahkamlaş imkonini beradi.
Brendlarning Özbekistondagi rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qilib, JETOUR va SOUEAST modellar qatori bilan tanişiş, mavjud komplektatsiyalar, avtomobillar narxi, amaldagi moliyaviy takliflar hamda kafolat şartlari haqida batafsil maʼlumot oliş mumkin.
JETOUR va SOUEAST zamonaviy avtomobil texnologiyalari, modellar qatorining xilma-xilligi hamda mijozlar tajribasiga eʼtiborni uyğunlaştirgan holda Özbekistondagi faoliyatini rivojlantirişda davom etmoqda. Uşbu rivojlanişning keyingi bosqiçi nafaqat yangi modellarni taqdim etiş, balki mahalliy infratuzilmani mustahkamlaş va mamlakat avtomobilsozlik sanoati bilan hamkorlik istiqbollarini örganiş bilan ham boğliq.
Modellar qatori, komplektatsiyalar, narxlar, moliyaviy takliflar va kafolat şartlari haqidagi dolzarb maʼlumotlarni brendlarning qönğiroqlar markazlari va rasmiy dilerlik markazlaridan oliş mumkin.