AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga uzoq masofaga möljallangan Joint Air-to-Surface Standoff Missile (JASSM) qanotli raketalarini taqdim etişga «oçiq». Bu haqda 15 avgust, payşanba kuni Politico naşri anonim qolişni istagan manbaga tayanib yozdi.
Ukrainaga raketa yuboriş böyiça yakuniy qaror qabul qilinmadi, ammo Oq uy hozirda bu masala böyiça «murakkab tafsilotlar»ni işlab çiqmoqda, dedi suhbatdoş tahririyatga. Xususan, gap nozik texnologiyalarni uzatiş bilan boğliq tekşiriş va Ukraina samolyotlarining 1088 kg oğirlikdagi, 454 kg jangovar kallakni olib ötadigan raketani uçiriş imkoniyati haqida ketyapti.
JASSM raketalari haqida
JASSM raketalari F-16 qiruvçi samolyotlaridan uçirilişi mumkin. Lockheed Martin tomonidan işlab çiqilgan va birinçi marta 2000-yillarning boşida foydalanişga olingan uşbu raketa Qöşma Ştatlar tomonidan jangovar harakatlarda juda kamdan-kam qöllangan va faqat Vaşingtonning bir neçta yaqin ittifoqçilariga topşirilgan, deya aniqlik kiritadi naşr.
Uning sözlariga köra, Polşa, Avstraliya va Finlandiya allaqaçon uşbu qurollarga ega, Yaponiya va Niderlandiya iyul oyida raketalarni sotib oliş böyiça kelişuvlarni imzolagan, ularning yetkazib berilişi kelgusi yillarda kutilmoqda. Germaniya, Gretsiya, Ruminiya va Daniya ham JASSM raketalarini sotib oliş böyiça muzokaralar olib bormoqda.
Ukrainada uzoq masofali raketalar
Ukraina allaqaçon AQŞ, Britaniya va Fransiya tomonidan taqdim etilgan havo va yerda joylaştiriladigan raketalarga ega bölib, ular uçirilgan nuqtadan 300 km masofadagi nişonlarga yetib borişi mumkin, ammo Rossiya hududida uşbu raketalardan foydalaniş böyiça çeklovlar öz kuçida qoladi, deb eslatadi naşr.
Qöşma Ştatlar va uning ittifoqçilari allaqaçon Ukrainani unga berilgan F-16 samolyotlari uçun turli xil «havo-havo» va «havo-yer» raketalari bilan ta’minlaş majburiyatini olgan, ammo aynan JASSM yetkazib berilişi Kiyevga «eng köp yordam beradi», deyiladi maqolada.
Pentagon Politico’ga JASSM raketalarining Ukrainaga uzatilişini ma’qullagani haqida izoh berişdan boş tortdi.
«Biz Ukrainaning xavfsizlik böyiça kömak böyiça talablarini qondirişga qaratilgan bir qança variantlarni körib çiqmoqdamiz, biroq bizda taqdim eta oladigan ma’lumotlar yöq», — deya naşr AQŞ Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jyeff Jargensen sözlaridan iqtibos keltiradi.








