Isroil tomonidan Livan janubidagi Nebatiye viloyatiga berilgan zarbalar oqibatida ön kişi halok böldi. Bu haqda Livan Soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib, Times of Israel xabar berdi.
Halok bölganlarning barçasi Suriya fuqarolari bölib, ular orasida bir ayol va uning ikki farzandi ham bor. Şuningdek, yana beş kişi yaralangan. Ma’lumotlarga köra, hujum fabrikalar joylaşgan va işçilar yaşaydigan hududga uyuştirilgan.
TsAHAL esa zarba «Hizbulloh» foydalanib kelgan qurol-yaroğ omboriga berilganini ta’kidlamoqda.
«Hizbulloh» Isroilning hujumiga javoban mamlakat şimoliga 55 ta raketa uçirdi. Buning oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq.
Isroil va «Hizbulloh» örtasidagi keskinlik Golan tepaliklariga uçirilgan raketa oqibatida futbol öynayotgan 12 nafar bola halok bölganidan keyin yanada kuçaydi. Bunga javoban Isroil Bayrutga zarba berib, «Hizbulloh» oliy harbiy qömondoni Fuad Şukrni öldirdi.
Iyul oyi oxirida Tehronda HAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya öldirilganidan keyin Yaqin Şarqdagi vaziyat yomonlaşdi. Eron va «Hizbulloh» ular uçun Isroildan qasos olişga va’da berişdi. 12 avgust kuni AQŞ telekanallari öz manbalariga tayanib, Eron yaqin 24 soat içida hujum qilişi mumkinligini ta’kidlagan edi.












