Qatar poytaxti Dohada Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş va asirlarni almaşiş böyiça muzokaralar jiddiy, konstruktiv va ijobiy muhitda ötdi.
Bu haqda Misr prezidenti ma’muriyati xabar berdi.
Misr prezidenti ma’muriyati matbuot kotibi Ahmad Fahmiy tomonidan berilgan qöşma yozma bayonotda, Qatar poytaxti Dohadagi muzokaralarda AQŞ, Misr, Qatar va Isroil rasmiylari iştirok etgani aytiladi.
«Sönggi 48 soat içida hukumatlarimizning yuqori martabali vakillari Ğazoda öt oçişni töxtatiş, mahbuslar va qölga olinganlarni ozod qiliş böyiça jadal muzokaralar olib borişdi. Bu muzokaralar jiddiy va konstruktiv ruhda, qulay muhitda ötdi».
Bayonotda Qöşma Ştatlar Qatar va Misrning kömagida tomonlar örtasidagi kelişuvda «böşliqlarni kamaytirişga qaratilgan taklifni taqdim etgani», uning AQŞ prezidenti Jo Bayden tomonidan mart oyida e’lon qilingan taklifga hamda BMT Xavfsizlik kengaşining 2735-rezolyutsiyasiga mos kelişi qayd etilgan.
Hujjatda ta’kidlanişiça, taklif «oxirgi haftalarda kelişilgan masalalarga asoslanadi» va «kelişuvning kamçiliklarni bartaraf etiş orqali tez amalga oşirilişini ta’minlaydi».
Kelişuvni amalga oşiriş tafsilotlari yaqin kunlarda muhokama qilinadi hamda texnik guruhlar uning gumanitar jihatini, jumladan, mahbuslar va qölga olinganlarni almaşişni töliq körib çiqadi.








