Qozoğiston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldiuli davlatga yetkazilgan zarar töliq qoplangani bois ozodlikka çiqadi.

Ust-Kamenogorsk şahri sudi qaroriga köra, unga nisbatan qamoq jazosi yengillaştirilib, jazoning ötalmay qolgan qismi ozodlikni çeklaş bilan almaştiriladi.

Sud bayonotida ta’kidlanganidek, Sotiboldiuli öz arizasida jazoni yengillaştiriş böyiça qonunning barça talablarini bajarganligini körsatgan. Xususan, u sud hukmi bilan yetkazilgan zararni qoplagan va umumiy qiymati 700 milliard tengedan ortiq bölgan mol-mulkni ixtiyoriy ravişda davlat hisobiga ötkazgan. Şuningdek, Sotiboldiuli jazo muddatining 1/3 qismini ötagan va axloq tuzatiş muassasasi ma’muriyati tomonidan ijobiy ta’riflangan.

«Yuqoridagilardan kelib çiqib, sud mahkumning iltimosnomasini qanoatlantirib, jazoning ötalmagan qismi — 3 yil 3 oy 7 kun ozodlikdan mahrum qiliş muddatini ozodlikni çeklaş bilan almaştirdi. Sotiboldiuliga nisbatan probatsion nazorat örnatildi», deyiladi sud xabarida.

Ta’kidlanişiça, sud qarori hali qonuniy kuçga kirmagan.

Şu hafta boşida Qozoğiston Korrupsiyaga qarşi kuraş xizmati 2022 yildan buyon Qayrat Sotiboldiuli va unga aloqador şaxslar tomonidan noqonuniy yöllar bilan qölga kiritilgan 732,8 milliard tenge yoki 1,5 milliard dollar miqdoridagi mulkiy aktivlar va mablağlar, jumladan, xorijda aniqlangan 661,5 million dollar qaytarilgani haqida xabar bergan edi.

Qayrat Sotiboldiuli baxtsiz hodisada vafot etgan Sotiboldi Nazarboyevning öğlidir. U avvalroq Forbes talqini böyiça Qozoğistonning eng nufuzli biznesmenlari röyxatiga kiritilgan.

Qayrat Sotiboldiuli 2022 yil yanvardagi ommaviy tartibsizliklardan söng hibsga olingan edi. U «Kazaktelekom» va «Tss» taşkilotlaridan millionlab dollar mablağlarni öğirlaşda aybdor deb topilib, 2022 yil sentabr oyida 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.