Eng birinçi mojaro foizga pul bergan odam bilan kelib çiqdi. U bergan pulni tölab böldim, foizini keyinroq tölayman degan öyda bemalol yuraveribman. Foiz yana foiz tuğib, qarzim dastlab olgan summamga teng bölib qolibdi. Öşanda şu xususda foiz bergan odam bilan janjallaşib qoldim. Unga bir tiyin ham bermasligimni aytgandim, ertasi kuni uyimizga kelib otamga hammasini aytib beribdi. Otam birinçi zarbani öşanda oldi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
“Hayotiy hikoyalar” ruknidan berilayotgan navbatdagi hikoya qahramoni hozirda qamoq jazosini ötayotgan yigit ekan. U maktubida oilada yolğiz öğil bölganini va erka ösib, ulğaygaç ota-onasiga ança ozor yetkazganini yozibdi.
“Oilada yolğiz öğilman. Mengaça ota-onam 4 nafar qiz farzand körişgan. Söng men tuğilganman. Allohdan “tilab olişgani uçun” yoşlikdan erka bölib ösganman.
Oilada aytganim aytgan, deganim degan edi. Ota-onam nima sörasam muhayyo qilişardi. Keyinçalik esimni tanib maktabga çiqdim. Mustaqillikning ilk yillari, ança qiyin zamonlar edi. Biroq otam savdo bilan şuğullangani uçun, biz qiyinçilik sezmaganmiz.
3-sinfda öqib yurganimda otam velosiped olib berdi. Öşa paytda tengdoşlarimda bunday qimmat narsa yöq edi. Lekin qizğançiq emasdim. “Velik”ni örtoqlarim bilan birga minardik.
6-sinfga ötganimda otam “Minsk” mototsiklini olib berdi. Tez kunda uni minişni örganib oldim. Şundan söng umuman uyda ötirmaydigan bölib qoldim. Motosiklga yoqilğini töldirib quyib olib kuni bilan minib yurardim.
8-sinfga ötganimda otamning “Nexia”sini minişni örganib oldim. Köp ötmay maşina tamomila meniki böldi. Şu zaylda ulğaydim.
Maktabni bitirgandan söng mening sayoq yurişlarim davom etdi. Endi özimdan bir neça yoş katta “örtoqlarim” bilan yengiltabiat ayollarga ham boradigan böldim. Bu holat bir neça yil davom etdi.
Şu iş ortidan qamalib ketişimga bir baxya qoldi. Öşanda otamning pullari bölmaganda yo qamalib ketardim, yoki özim birga yotgan fohişaga uylanardim.
Kunlarning birida yengiltabiat qizlarga bordik. Qizlardan biri bilan tunni birga ötkazdim. Öşanda qiz mendan yoşimni, nima iş qilişimni, uylanganmanmi yöqmi, şularni söradi. Hammasini aytdim.
U ham özi haqida gapirdi, aytişiça viloyat markazida yaşarkan. Bir paytlar sevgan yigiti “senga uylanaman” deb birga bölgan va keyin taşlab ketgan ekan. Öşandan keyin şu yölga kirib ketgan ekan.
Ertalab fohişaxonadan çiqib öz yölimda ketdim va qizni unutdim. Biroq u meni unutmagan ekan. Öşanda kelajakda meni nimalar kutayotganini bilganimda, balki öşa kuni fohişaxonaga bormasmidim...
Oradan bir neça kun ötgaç uyimizga IIB uçastka noziri keldi. U ota-onamga mening ustimdan ariza tuşganini, bir qizni zörlaganlikda gumon qilinayotganimni aytdi. Arizani öşa bir neça kun oldin men bilan pul evaziga yaqin aloqada bölgan qiz yozgan ekan.
Mavzuga oid
Menga nisbatan jinoyat işi qözğatildi va tergovga qatnay boşladim. Tergovçiga qizni zörlamaganimni, u pul evaziga men bilan yotganini aytdim. Biroq bu gaplarim inobatga olinmadi.
U paytlarda hozirgiday tibbiy uskunalar yöq, şu uçun qanday qilib özimni oqlaşni bilmasdim. Men bilan birga borgan “akalarim” esa guvohlik bera olmasliklarini aytişdi.
Biri “uydagilarim bilsa xotinim ajraşib ketadi”, dedi. Boşqasi “otam bilsa meni öldiradi” dedi. Oxir-oqibat otam “işni” pul bilan yopişga qaror qildi. Lekin buni ham iloji bölmadi.
Eng avval qizga pul taklif qilindi. Biroq u könmadi. Qiz “menga uylanasan” degan gapni takrorlardi xolos. Ota-onasi ham qizning fohişa bölib ketganini bilişmas ekan, ular ham “uylanasan” gapini uşlab olişdi.
Otamdan pul olgan “uçastkavoy” esa “Nima qilib bölsa ham qizni köndiriş kerak, aks holda men heç narsa qila olmayman”, derdi. Vaziyat boşi berk köçaga kirib qolgan, ota-onam va men nima qilişni bilmasdik.
Kunlarning birida uçastka noziri keldi va gap boşladi: “Bir taklifim bor. Qizning yengiltakligini hamma biladi. U hozir ham pul evaziga boşqalar bilan yotib yuribdi. Agar xarajatdan qoçmasanglar qizni boşqalar bilan uşlaymiz. Şunda uni tuhmat qilganlikda ayblab, işni yopib yuborsa böladi. Men taniş xodimlarni işga solaman, ular qizni doimiy kuzatib qölga tuşirişadi. Faqat ularning xarajatlarini bersanglar böldi”.
Uçastka nozirining gapi otamga jöyali tuyuldi va u katta pul söraganiga qaramasdan bu işga rozi böldi. Unga söragan pulining bir qismi berildi. Qolgani iş hal bölgandan söng berilişi aytildi.
Oxir-oqibat ikki nafar IIB xodimi qizni poylab pul evaziga boşqa odam bilan yotgan joyida uşlab olişibdi. Şundan söng işlar tezlaşib ketdi va otamning pullari evaziga “osilib turgan” jinoyat işi sudga oşirildi.
Sudda qizning pul evaziga fohişalik qilişi isbotlandi. U menga tuhmat qilayotgani aytilib, jinoyat işi yopildi. Öşanda ota-onam va men qizdan qutulganimizga xursand böldik. Biroq mening xurmaça işlarim şu bilan töxtamadi.
Köp ötmay otam iş bilan çalğir deb bozordan dökon olib berdi, kiyim-keçak savdosi bilan şuğullana boşladim. Mahsulotlarni Xitoydan “mol” olib keladigan ulgurji savdogarlardan olardim.
Savdo yaxşi edi. Bu orada uylandim, biroq sayoq yurişim tugamadi. Dökonda asosan yordamçi yigit savdo qilardi. Işonçli, birovning haqiga xiyonat qilmaydigan yigit edi.
Uyda bölgan kezlarimda uning oldiga faqat keçki payt, dökon yopilişi arafasida borardim va savdoning pulidan olib ketardim. Ulgurji savdogarlar mahsulotlarni nasiyaga ham berişar, sotib pulini qilib berardik.
Şu tariqa, bir neça yil davomida ulgurji savdogarlardan ança miqdorda qarz böldim. Doimiy mijoz bölganim uçun ular indaşmas, men esa işonçni suiiste’mol qilib qarzdan ön söm bersam, ön beş sömlik mahsulot sörardim. Şu tariqa qarzlarim oşib boraverdi.
Şundan söng yana bir jiddiy xatoga yöl qöydim. Foizga pul beradigan bir odamdan ança pul oldim. Savdo dökonim, tagimda maşina bölgani uçun u qarz berdi. Lekin foizi katta edi.
Eng birinçi mojaro foizga pul bergan odam bilan kelib çiqdi. U bergan pulni bir yilça işlatdim, bu orada oyma-oy tölov ham qilib bordim. Hisoblab körsam olgan qarzimni uzibman. “Foizini oladi-da” deb pul berişni töxtatdim.
Foiz beruvçilarda hisob-kitob boşqaça ekan. Ya’ni pulni yoki uning foizini tölaşni keçiktirsangiz ular qolgan summaga yana foiz qöşib qöyaverar ekan.
Men ham asosiy pulni tölab böldim, foizini keyinroq tölayman degan öyda bemalol yuraveribman. Foiz yana foiz tuğib, qarzim dastlab olgan summamga teng bölib qolibdi.
Öşanda foiz bergan odam bilan janjallaşib qoldim. Unga “foiz ham foiz “tuğişi” haqida ogohlantirsang qarzni çözib yurmay tölab yuborardim”, devdim. “Buni özing bilişing kerak edi”, deb javob qaytardi.
Öşa janjalda unga bir tiyin ham bermasligimni aytgandim, ertasi kuni uyimizga kelib otamga hammasini aytib beribdi. Otam birinçi zarbani öşanda oldi.
Keçki payt uyga kelsam otamning mazasi yöq, körpa-töşak qilib yotibdi. Darhol duxtirga olib bordim. Vraçlar tekşirib körib u yurak xurujiga uçraganini aytişdi. Otam ança kun davolanib çiqdi.
Şundan söng foizga pul bergan odamga qönğiroq qilib bir tiyin ham bermasligimni ma’lum qildim. U IIBga ariza bilan murojaat qilibdi. Arizasida foizga pul berişini yozmagan, menga qarz berib ololmayotganini bildirgan ekan.
Tergovçi çaqirdi, unga foizga deb olgan pulimni qaytarganimni, foizini keyinroq tölamoqçi bölganimda unga ham foiz hisoblaganini, öşa odamni deb otam bir ölimdan qolganini gapirib berdim.
Foizçi avvaliga bu gaplarni inkor qildi. Tergovçi mahallasiga borib suriştirişini aytgan edi, darrov menga foizga pul berganini tan oldi. Şunda tergovçi unga foizga pul beriş noqonuniy iş hisoblanişini, şu uçun arizasini qaytarib olmasa öziga iş oçişini aytgandi, foizçi noiloj arizasini qaytarib oldi.
Lekin, mening muammolarim şu bilan tugamadi. Aksinça “suvim battar loyqalana boşladi”. Gap şundaki, foizçi bilan mojarolarim menga qarzga mahsulot beradigan savdogarlarning ham quloğiga yetgan ekan.
Ularning bir qismi qarzni töliq yopsam mahsulot berişini aytdi. Boşqalari esa uyga qidirib kela boşladi. Özim uyda bölgan paytimda kimdir kelsa aldab-suldab köçadan javobini berardim.
Biroq ularning ayrimlari uyda bölmaganimda kelib otamga qarzlarimni bermay yurganimni aytişibdi. Bu gaplar otamga qattiq ta’sir qilgan, biroq u barçasini içiga yutib yuraveribdi.
Holat şu darajaga keldiki, hammaning oğzida mening katta miqdorda qarzga botganim va qoçib yurganim muhokama böla boşladi. Beçora otam boş kötarib mahallaga çiqa olmay qoldi.
Kunlarning birida otam ikkinçi marta yurak xurujiga uçradi va bu safar uni saqlab qolişning iloji bölmadi. Otamning vafoti menga qattiq ta’sir qildi, lekin vaziyatni önglaş uçun keç bölgandi.
Savdogarlarga qarzimni falon vaqtdan keçiktirmay tölayman deb va’da bergandim. Biroq va’damning ustidan çiqa olmadim. Şundan söng ulardan biri IIBga ariza bilan murojaat qildi. Ustimdan yana jinoyat işi oçildi, tergovga qatnay boşladim.
Öşanda meni qarz qilgan odamlarning barçasiga “Agar siz ham IIBga ariza qilib borsangiz keyin qarzimni tölamayman, pullardan umidingizni uzasiz. Bormasangiz qarz böynimda turadi, qaçon bölsa tölayman”, deb aytib çiqdim.
Şundan söng kimdir IIBga bordi, kimdir bormadi. Menga qarşi da’vo bilan çiqqanlar soni 4-5 nafarga yetdi. Kunlarning birida tergovçi ariza yana bittaga köpayganini aytib qoldi. Kimligi bilan qiziqsam menga foizga pul berib, foizlarini ololmay qolgan odam ekan.
Tergovçiga u bilan oramizda bölgan işni aytib berganimni eslatdim. U şunday deb javob berdi:
“Ötgan gal biz vaziyatni töğri tuşundik, foizga pul beradigan odamga ham çora körişimizni aytgandik, kördingiz öşa kuni arizasini qaytarib oldi. Bu safar sizni emas, uning gapiga işonişga majburmiz. Çunki “pulimizni özlaştirib ketdi” deb ustingizdan bir neçta ariza tuşgan, siz uning pullarini ham özlaştirgan bölişingiz mumkin”.
Köp ötmay sud böldi va firibgarlikda ayblanib qamalib ketdim. Bu maktubni hozir qamoqxonadan turib yozyapman. Özimni yaxşi tutganim uçun hozir manzil-koloniyaga ötkazilganman.
Xudo xohlasa çiqib borsam töğri hayot keçirarman. Biroq otamni hayotga qaytara olmayman. Ana şu qalbimni tirnab, yuragimga azob beryapti.
Otam bir umr menga yaxşi bölişi, kelajakda heç kimdan kam bölmasligim uçun harakat qildi. Men esa....