Deyarli 450 ming falastinlik Ğazo sektorining avvalroq Isroil harbiylari «xavfsiz zona» deb e’lon qilingan hududlarini tark etişga majbur.
Bu haqda Fuqarolik mudofaasi boşqarmasining Ğazo sektoridagi vakili Mahmud Basal ma’lum qildi.
Unga köra, Isroil Xon-Yunus şahrining şarqiy va markaziy qismlari aholisini, şuningdek, Dayr al-Baloh şahri, Al-Mağozi va Az-Zuvayda tumanlarida boşpana topgan falastinliklarni evakuatsiya qilişni rejalaştirmoqda.
«Bu gumanitar vaziyatni yanada yomonlaştiradi», - deya ogohlantirdi u.
Mahmud Basal «zöravonlik va oçarçilik bilan qörqitiş» orqali majburan köçiriş xalqaro huquqqa zid ekanligini eslatdi.
Uning ta’kidlaşiça, isroillik harbiylar Xon-Yunus va markaziy Ğazo mintaqasidagi qoçqinlar lagerlarida yaşovçi falastinliklarni bir neça bor köçirdi.
Basal BMT va Xalqaro sudni «Isroilga Ğazo sektoridagi falastinliklarni köçiriş siyosatini töxtatiş uçun bosim ötkazişga» çaqirdi.
Bir kun avval Isroil armiyasi matbuot kotibi Aviçay Adrai Megazi tumani bir neça qismlarini, şuningdek, Ğazo sektorining markaziy qismidagi Faruk va Amal hududlarini evakuatsiya qilişga çaqirdi.
Ğazo sektori aholisining 90 foizi Isroil armiyasining hujumlari tufayli uylarini tark etişga majbur böldi. Köplab falastinliklar vaqtinçalik çodirlarda yaşaşga majbur.









