Blinken «öt oçişni töxtatiş va garovdagilar hamda qölga olinganlarni ozod etiş töğrisida kelişuvga erişiş» uçun Isroilga safar qildi, deyiladi Davlat departamenti xabarida.

Bu AQŞning asosiy diplomati ötgan yil oktyabrida Isroil va Hamas örtasida uruş boşlanganidan buyon mintaqaga öninçi bor kelişidir. U duşanba kuni isroilliklar boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan uçraşişi rejalaştirilgan.

Bir neça kun muqaddam Qöşma Ştatlar uruşayotgan tomonlar örtasidagi kelişmovçiliklarni bartaraf etişga qaratilgan takliflarni ilgari surgandi.

Muzokaralar jarayoni Isroil tuzgan va Bayden 31 may kuni imzolagan kelişuvga asoslangan. Unga köra, harbiy harakatlar olti hafta muddatga muzlatiladi va bu davrda garovdagilar hamda mahbuslar ozod etiladi.

Amerika rasmiy şaxslari yangiça optimizm bilan kelişuv yakuniy bosqiçga çiqqanini aytişmoqda, ammo şu bilan birga, hali yana köp narsani kelişiş lozimligidan ogohlantirmoqda.

Amerikalik, qatarlik va misrlik vositaçilar 10 oydan ortiq vaqtdan buyon davom etayotgan uruşda öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar oldinga siljiyotganini aytmoqda, AQŞ prezidenti Jo Bayden esa, bu borada «biz har qaçongidan yaqinroqmiz» dedi.

«Biz qolgan böşliqlardan unumli foydalandik va ularni şu taxlit bartaraf etdikki, bizning fikrimizça, hozirda bu kelişuv imzolaşga, amalga oşirişga va oldinga siljişga tayyor holatda», — degan Bayden ma’muriyatidagi yuqori martabali amaldorlardan biri jurnalistlarga.

«Endi barçasi natijaga erişiş, odamlar hayotini qutqariş, Ğazo aholisi ahvolini yengillaştiriş va mintaqadagi keskinlikni yumşatiş uçun tayyor», — deyilgan Qatar, Misr va AQŞning juma kuni e’lon qilingan qöşma bayonotida.

Şaxsi sir qolişini söragan amerikalik rasmiy Reuters bilan suhbatda mojaroni töxtatiş böyiça sönggi diplomatik sa’y-harakatlarni sönggi oylardagi eng samaralisi deb atagan va sönggi 48 soat mobaynida barça iştirokçilar konsensusga erişganini aytgan. «Biz ustida işlangan qator masalalar böyiça sezilarli ösişga erişdik», — degan u.

Muzokaralar yangi hafta boşida ham davom ettirilişi kutilmoqda, keyin esa yuqori martabali mulozimlar yana Qohirada yiğiladi, hafta oxirida kelişuvni yakunlaş möljallangan.