Aleksandr Lukaşenko «Rossiya-1»ga bergan intervyusida Belarus öz armiyasining uçdan bir qismini Ukraina bilan çegaraga yönaltirganini ma’lum qildi. Lukaşenkoning sözlariga köra, bunga Ukraina nafaqat «Belarus bilan çegara yaqinida 120 mingdan ortiq harbiyni töplab turgani», balki qöşimça bölinmalarni ham u yerga yuborayotgani sabab bölgan.

«Biz «Nima uçun bunday qilyapsizlar?», deya sörov yubordik. Ularning aytişiça, biz rossiyaliklar bilan Gomel orqali hujumga tayyorgarlik köryapmiz ekan. Ammo bizda bunday maqsad yöq. Ular 120 mingning ustiga kelgan qöşimça kuçlarini olib ketdi. Va biz ham qöşimça yönaltirgan kuçlarimizni olib ketdik», — deydi u.

Belarus prezidentining aytişiça, çegaraning har ikki tarafida ham uruş avvalida joylaştirilgan bölinmalar qolmoqda. «Ukraina bilan çegaradan qöşinlarimizni olib ketişimiz bu ölim bilan barobar. Uruş ketyapti», — deydi Lukaşenko.

Uning sözlariga köra, Belarusning ğarbiy çegarasida ham mudofaa kuçaytirilgan. «Brestdan Grodnoga qadar mudofaa çiziği tortilgan. Litva va Polşa çegaralari bizning manfaatimiz uçun deyarli yopilgan. Ukraina-Rossiya maxsus harbiy operatsiyasidan biz ham örganyapmiz. Qayerda joylaştiriş keraligini körmoqdamiz», — deya ta’kidlaydi u.

Umuman uruş haqida gapirar ekan Lukaşenko Moskva va Kiyev muzokaralar stoliga ötirişi kerakligini ma’lum qildi. «Kelinglar muzokaralar stoliga ötiramiz va bu janjalni töxtatamiz. U na ukrain xalqiga, na rossiyaliklarga va na belaruslarga kerak», — deydi Lukaşenko.

«Siz [Rossiyada] ba’zida natsistlar haqida gapirasizlar. U natsistlar qolmadi. Ukraina denatsifikatsiya qilindi. Ammo u yerda qolgan bir neçta ötaketgan natsistlar bor, biroq ular trendda emas», — deydi Lukaşenko prezident Volodimir Zelenskiyning ukrainlar orasidagi şuhrati sönayotganiga işora qilib.

2023 yil martda Rossiya Belarusga yadroviy taktik qurolni joylaştiriş rejasini e’lon qilgandi, iyunda esa yadroviy zaryadlarning birinçi partiyasi yetkazilgan. 2024 yil iyulda Belarus Mustaqilligi kuni munosabati bilan ötkazilgan paradda taktik yadroviy zarbalarni berişga möljallangan «Iskander» raketa majmualari ham namoyiş etilgandi.

Ukraina davlat çegara xizmati çegarada Belarus qöşinlari yoki texnikalari soni ortganini qayd etmagan. «Belarus Respublikasi bilan çegarada vaziyat — özgarişsiz», — deydi çegara xizmati vakili polkovnik Andrey Demçenko.