Ötgan haftaning örtalariga kelib Rossiya Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) hujumi fonida Kursk viloyatini himoya qiliş uçun Ukrainadagi frontdan 5000 nafargaça harbiy xizmatçini jönatdi. Bu haqda 17 avgust kuni The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi. 

Uning ma’lumotlariga köra, Rossiya Federatsiyasi asosiy hujumkor kuçlari töplangan Donetsk viloyatidan faqat bitta brigada olib çiqilgan, qolganlari esa - frontning unçalik muhim bölmagan hududlaridan.

Şu bilan birga, naşr suhbatdoşi Ukraina Qurolli kuçlarini Kursk viloyatidan çiqarib yuboriş uçun Moskvaga 20 mingdan ortiq yaxşi tayyorlangan askar kerak bölişi mumkin, degan fikrni bildirdi. 

WSJ: Ukraina Kurskka 6 ming askar yubordi 

Öz navbatida, Ğarb hisob-kitoblariga köra, Ukraina hujumni qöllab-quvvatlaş uçun Kurskka 6 minggaça va Sumi viloyatiga yana 4 minggaça askar yuborgan. WSJ manbasining aniqlik kiritişiça, front çiziğini zaiflaştirmaslik uçun qöşinlar muhim qismi zaxiradan çiqarilgan. 

Ukraina radioelektron kuraş bölinmalari rus texnikasiga xalaqit beriş va harbiylarning Ukraina pozitsiyalarini aniqlaşlari yoki aloqalarni uşlab qolişiga yöl qöymaslik uçun asosiy mexanizatsiyalaşgan hujum kuçlaridan oldin Rossiya hududiga ötgan, deb yozadi naşr. 

WSJ ta’kidlaşiça, bu noodatiy joylaşuv Ukraina hujumkor kuçlari atrofida «himoya pufagi» yaratdi. Hujumga Amerikaning Stryker zirhli jangovar maşinalari va Germaniyaning Marder piyoda jangovar maşinalari bilan jihozlangan Ukrainaning eng kuçli bölinmalaridan biri bölgan 80- va 82-desantçilar brigadalari boşçilik qildi. 

Ukrainalik dron operatorlaridan birining sözlariga köra, rus zirhli maşinalari kam bölgan, çunki ular şimolga tortilgan va Ukraina hujumkor qöşinlari tezda Rossiya hududiga çuqur kirib borişga muvaffaq bölişgan. 

AQŞ Rossiyadagi nişonlar haqida Kiyevga razvedka ma’lumotlarini bermayapti

Operatsiyaga tayyorgarlik şu yilning yozi boşida, Ukraina Qurolli kuçlari Kursk infratuzilmasiga, jumladan elektr tarmoqlari, öq-dorilar va yonilği omborlari hamda videokuzatuv uskunalariga hujum qiliş uçun dronlardan foydalangan paytda boşlangan edi. 

Alohida çegara reydlari Ukraina razvedkasi kömagida amalga oşirildi. Naşrning qayd etişiça, amaliyot boşlanişidan ikki hafta oldin Ukraina dronlari Kursk yölidagi çegara postida Rossiya kuzatuv tizimlarini yöq qilgan. Maxfiylik nuqtayi nazaridan, köplab bölinmalar deyarli operatsiya boşlangunga qadar hujumdagi iştiroki haqida bilmagan.