Kursk oblastidagi hujum çoğida Ukraina qurolli kuçlari Gluşkovo tumanida Seym daryosi ustidagi uçinçi va oxirgi köprikni vayron qildi, deb xabar berdi rossiyalik uruş tarafdori bölgan blogerlar Vladimir Romanov va Yuriy Podolyak 19 avgust, duşanba kuni.

Bu ma’lumot hali rasman tasdiqlanmagan, biroq Podolyak xabarini öz Telegram-kanalida Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvçining maslahatçisi Roman Alexin tarqatgan. Harbiy muxbirning xabarida, xususan, Karij qişloği yaqinidagi köprik tunda zarbaga uçragani va hozirda Rossiya harbiylari pontonlardan ötiş uçun foydalanayotgani aytiladi.

Hammasi bölib, butun Gluşkovo tumanini kesib ötuvçi Seym daryosi böylab uçta köprik qurilgan: Gluşkovo, Zvannoye va Karij qişloğida. 16 avgust kuni Gluşkovodagi ötiş joyi vayron qilingani ma’lum böldi. Keyin Ukraina havo kuçlari Gluşkovoga qöşni Zvanne qişloğidagi köprikka zarba bergan. Karij qişloği yaqinidagi köprik bu hududdagi rus armiyasiga qurol-yaroğ va oziq-ovqat yetkazib beriladigan oxirgi ötiş joyi bölib qoldi. 

Ukrainaning Kursk oblastidagi hujumi 

Ukraina qurolli kuçlarining Kursk oblastidagi keng kölamli hujum operatsiyasi 6 avgustdan beri davom etmoqda. Bu Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi 2022 yil fevralida boşlanganidan beri bunday turdagi birinçi hujumdir. 

9 avgust kuni Rossiya hukumati Belgorod, Bryansk va Kursk oblastlarida «aksilterror operatsiyasi rejimi»ni joriy qildi. 12 avgust kuni Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksey Smirnov jangovar hududdan 120 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilinganini bildirdi va Ukraina qurolli kuçlari mintaqadagi 28 aholi punkti ustidan nazorat örnatganini tan oldi. 

Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Oleksandr Sirskiyning sözlariga köra, ukrainalik harbiylar Kursk oblastidagi 1150 kilometr kvadrat maydondagi 80 dan ortiq aholi punktlarini öz nazoratiga olgan va Rossiya hududiga 35 km çuqurlikda kirib borgan.