Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi Amerikaning Clooney Foundation for Justice («Adolat uçun Kluni jamğarmasi») nodavlat taşkilotini Rossiya hududida «nomaqbul» deb tan oldi. Bu haqda 19 avgust, duşanba kuni idora matbuot xizmati Telegram’da ma’lum qildi.

Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasiga köra, jamğarma «Rossiyani obrösizlantirişga qaratilgan işlarni amalga oşiryapti». Rossiya rasmiylari «Kluni jamğarmasi»ni «gumanitar ğoyalar orqasida yaşiringanlikda», «Rossiya oliy rahbariyatini jinoiy ta’qib qiliş taşabbuslarini ilgari surganlikda va Rossiya qonunçiligiga çet el agentlari va nodavlat notijorat taşkilotlariga nisbatan salbiy psevdoekspert baholarini omma oldida tarqatganlikda» ayblamoqda. 

«Kluni jamğarmasi» Ukrainadagi harbiy jinoyatlar böyiça suriştiruv ötkazyapti

2023 yil oktyabr oyida «Adolat uçun Kluni jamğarmasi» Germaniya Federal prokuraturasidan Ukrainada Rossiya harbiylari tomonidan sodir etilgan ehtimoliy harbiy jinoyatlarning uçta holatini tekşirişni söradi.

Jamğarma buni Germaniya qonunçiligida gumon qilinuvçilar yoki jabrlanuvçilarning fuqaroligidan yoki ulardan birortasi Germaniya bilan aloqasidan qat’i nazar, mamlakat huquqni muhofaza qiliş organlariga Germaniyadan taşqarida sodir etilgan jinoyatlar böyiça jinoiy tergov boşlaş imkonini beruvçi universal yurisdiksiya tamoyili mustahkamlangani bilan asosladi.

Qayd etilganidek, har uçala holat ham fond ehtimoliy gumondorlar sifatida aniqlangan yuqori va örta darajadagi rossiyalik qömondonlarga tegişli. Birinçi holat Odessa viloyatidagi kurortga 2022 yilning yozida tovuşdan tez uçuvçi X-22 raketalari tomonidan amalga oşirilgan raketa hujumi bilan boğliq. Zarba oqibatida 22 nafar tinç aholi halok böldi, 40 nafari oğir yaralandi. 

Ikkinçi iş 2022 yilning martidan sentabriga qadar Xarkiv viloyatida hududni bosib oliş vaqtida tört kişini noqonuniy qölga olgan, qiynoqlarga solgan va qatl qilgan Rossiya quruqlikdagi kuçlari qömondonlariga tegişli. 

Uçinçi iş böyiça gumonlanuvçilar 2022 yil mart oyida Kiyev viloyati okkupatsiyasi çoğida sodir etilgan qatl qiliş, qiynoqqa soliş, jinsiy zöravonlik, talon-toroj qiliş va boşqa qonunbuzarliklarni öz içiga olgan bir qator jinoyatlarga aloqadorligi taxmin qilinayotgan Rossiya bölinmalari qömondonlari bölgan. 

«Adolat uçun Kluni jamğarmasi» haqida 

«Adolat uçun Kluni jamğarmasi» 2016 yilda Hollivud aktyori Jorj Kluni va uning rafiqasi, inson huquqlari böyiça advokat Amal Kluni tomonidan taşkil etilgan. Jamğarma saytida ta’kidlanganidek, uning maqsadi inson huquqlarining ommaviy ravişda buzilişiga oid dalillarni töplaş va jabrlanganlarga huquqiy yordam körsatiş, şuningdek, huquqbuzarlar javobgarlikka tortilişini ta’minlaşdan iborat. Jamğarma hozirda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritmoqda.