Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev biznes vakillari bilan oçiq muloqotda tadbirkorlik faoliyatini töxtatişga asos böladigan qonunbuziliş holatlari darajasi belgilanmaganini ta’kidladi. Oqibatda arzimagan kamçiliklar bilan ham tadbirkorlar faoliyatini töxtatib qöyiş holatlari kuzatilmoqda.

«Şu bois, 1 noyabrga qadar aholining hayoti va soğliğiga haqiqiy xavf soluvçi mezonlar reyestri işlab çiqiladi. Reyestrda yöq mezon böyiça tadbirkor faoliyatini töxtatgan mansabdor javobgarlikka tortiladi», - dedi prezident.

Şuningdek, muloqotda tadbirkorlarni jinoiy javobgarlikka tortişni yanada liberallaştiriş muhimligi aytildi.

«Soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş, degan jinoyat turi bor. Bunda tadbirkor tölamagan soliq 100 million sömdan oşsa, jinoyatçi bölib qolmoqda. Şu bois, soliq tölamaganlik uçun tadbirkorga jinoyat işi qözğatişga asos böladigan miqdorni 2 baravargaça oşiriş taklif qilindi», - dedi davlat rahbari.

Bundan taşqari, köçmas mulk buzilişi böyiça kompensatsiya tölaşda haligaça muammolar borligi qayd etildi.

Hozirda uşbu xarajatlar viloyat budjeti hisobidan qoplanyapti. Lekin ayrim viloyatlar budjetida mablağ kam qolayotgani uçun tadbirkorning pulini qoplab beriş 5-6 yilga çözilib ketyapti.

«Endilikda yer savdosidan tuşgan mablağlar avvalo buzilişlar böyiça tadbirkorlardan qarzni söndirişga qaratiladi, - dedi prezident.