Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi toğda adaşib qolgan 18 yoşli yigit qutqarildi.

Viloyat FVB xabariga köra, 2024 yilning 17 avgust kuni soat 21:25 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga bir fuqaro Samarqand tumani Mironqul mahallasidagi toğlarda dam oliş maqsadida çiqib, yöldan adaşib qolganini ma’lum qilib, pastga tuşib olişda yordam sörab murojaat qilgan.

Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv işlariga Maxsus vazifalarni bajaruvçi mintaqaviy qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvçilari jalb qilingan. Qutqaruvçilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv işlari natijasida 18 avgust kuni soat 01:30 da 2006 yilda tuğilgan fuqaro I.A Mironqul-Ohalik toğining dengiz sathidan 1000 metr balandlikdan topilgan.

Uşbu fuqaroning xavfsizligi ta’minlangan holda toğdan pastga olib tuşilgan. Fuqaroning soğliği yaxşi, unga heç qanday tan jarohatlari yetmagan.