«Tarix Jo Baydenni katta xavf ostida qolgan demokratiyani himoya qilgan prezident sifatida eslab qoladi, — degan u. — Endi biz özimiz işonadigan Amerika uçun kuraşişimiz darkor. Va adaşmang, bu çinakam kuraş böladi».
Amerikaning ilk qora tanli prezidenti bölgan Obama özining jiddiy siyosiy kapitalini Harrisni qöllab-quvvatlaş uçun işlatdi, u noyabrdagi saylovlarda ğolib çiqsa, AQŞ prezidentligiga saylangan ilk qora tanli ayolga aylanadi.
U şuningdek AQŞ prezidentligiga yana Donald Tramp saylanişi mumkin bölgan ssenariy xavfidan ogohlantirdi.
«Bizga yana tört yil behuda gap-sözlar, beadablik va tartibsizliklar kerak emas. Biz bu kinoni oldin ham körganmiz va barçamiz bilamizki, davomi odatda yanada yomonroq böladi, — degan Obama qurultoy delegatlariga. — Amerika yangi sahifa oçişga tayyor. Amerika eng yaxşi hikoyaga tayyor. Biz Kamala Harrisning prezidentligiga tayyormiz».
«Sönggi haftalarda biz ega bölgan aql bovar qilmas energiyaga qaramay, bu hali ham ikkiga bölingan mamlakatdagi öta keskin kuraş böladi», — deya qöşimça qilgan sobiq prezident.
«Qora tanlilar uçun iş örni»
Sobiq prezidentning rafiqasi Mişel Obama ham qurultoyda çiqiş qilib, Harris — AQŞ prezidenti lavozimi uçun eng munosib nomzod ekanini aytdi: «Uning tarixi — bu sizning tarixingiz. Bu mening tarixim. Bu yaxşi hayot qurişga intilayotgan juda köpçilik amerikaliklar tarixi».

U Tramp Harrisni qoralaş uçun bor kuçini işga solişidan ogohlantirdi va respublikaçilar nomzodining yaqinda AQŞga kelayotgan noqonuniy muhojirlar «qora tanlilarning iş joylari»ni egallab olayotgani töğrisida aytgan gaplariga javob qaytardi.
«Çeklangan va tor dunyoqaraşi uni ikki mehnatkaş, oliy ma’lumotli, muvaffaqiyatli, qolaversa qora tanli bölgan odamlar mavjudligi tahdidini his qilişga majbur qildi, — degan u gulduros qarsaklar ostida. — U özi qölga kiritişga harakat qilayotgan iş ham „qora tanlilar uçun iş örni“ bölişi mumkinligini unga kim aytadi?»
Kamala Harrisning özi Miluokidagi saylovoldi mitingiga ketgani tufayli qurultoyda videoaloqa orqali qatnaşdi. U bu vaqtda iyul oyida Respublikaçilar partiyasining Tramp nomzodi prezidentlikka rasman ilgari surilgan milliy qurultoyi ötkazilgan binoda edi.














