Tadbirda universitet professor-öqituvçilari, Ozarboyjon Respublikasining Özbekiston Respublikasidagi diplomatik korpusi hamda Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon madaniy markazi vakillari, jurnalistlar va talabalar iştirok etdi.
Taqdirlaş marosimiga bağişlangan tadbirni oçib bergan Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Şuhrat Sirojiddinov ikki davlat örtasidagi adabiy va madaniy aloqalar haqida söz oçib, ikki davlat rahbarlari taşabbusi bilan bu aloqalar yanada kengayayotganini qayd etib, adabiyot va ilm ahlining ham bunda muayyan xizmatlari borligiga urğu berdi. Bu borada sönggi vaqtlarda katta xizmat körsatgan şaxslar orasida şoira Xuraman Murodova ham borligini qayd etib, rektor özi rahbarlik qilayotgan universitetning Ilmiy kengaşi bir ovozdan unga “faxriy professor” unvoni beriş töğrisida qaror çiqarganini e’lon qildi. Xuraman Murodovaning özbek tilida çop etilgan “Özbekiston ham vatanim” nomli şe’rlar kitobi taqdimoti haqida gapirar ekan, rektor Şuhrat Sirojiddinov uşbu asarni özbek adabiyoti uçun ahamiyatga molik tarixiy hodisa deb atadi. Öz çiqişi yakunida rektor universitet Ilmiy kengaşi qaroriga köra Xuraman Murodovaga faxriy professorlik diplomi va mantiyasini topşirdi.

Sözga çiqqan Ozarboyjon Respublikasining Özbekiston Respublikasidagi elçisi Husayn Guliyev ozarboyjon va özbek xalqlari umumiy tarixiy ildizga ega ekanini qayd etib, şu riştalarga asoslangan qardoşlik munosabatlari bugungi kunda ham yuksak saviyada ekanini ta’kidladi. Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev va Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning ikki qardoş davlat örtasidagi madaniy, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş yölidagi ulkan sa’y-harakatlari haqida sözlar ekan, elçi bu yönalişda har ikki davlatning tegişli davlat taşkilotlari, jamoatçiligi va fuqarolarining ham muayyan xizmatlari borligini urğuladi. Elçi Husayn Guliyev Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining bu qadamini ikki davlat örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş deb baholadi hamda oliy öquv yurti rahbariyati va Xuraman Murodovaga sohadagi qimmatli xizmatlari uçun öz taşakkurlarini bildirdi.

Şundan söng biznesmen va turk olamining sevimli şoirasi Xuraman Murodova özbek xalqiga Ozarboyjondan salom yölladi va turk olamining nufuzli ilmiy markazlaridan biri hisoblanuvçi Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti jamoasiga özining ijodini yuksak qadrlaganliklari uçun çuqur minnatdorlik izhor etdi. Özbekiston ham özi uçun Ozarboyjondek qadrli ekanini qayd etgan şoira bu yurtga kelmasdan avval uning qalbida bu qadimiy, sirli ölkaga nisbatan ulkan muhabbat barq urgani, Özbekiston, özbek xalqi va qadim Turkiston ölkasiga atalgan önlab şe’rlar yozganini bildirib ötdi. Uning ijodiga özbek öquvçilari tomonidan bildirilgan katta qiziqiş undagi şoirlik ruhini yanada mustahkamlab yangi ijodga ruhlantirganni ta’kidladi. Xuraman Murodova uning şaxsi va ijodiga nisbatan namoyiş etilgan ulkan diqqat-eʼtibor uçun özbek xalqiga, uni faxriy unvonga loyiq körgan universitet rektorati va jamoasiga taşakkur bildirdi.








