Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni Air Producs kompaniyasi prezidenti va boş ijroçi direktori Seyfi Gasemini qabul qildi.

Özbekistonda yuqori texnologik sanoat korxonalarini taşkil etişga faol sarmoya kiritayotgan yetakçi xalqaro kompaniyalardan biri bilan özaro manfaatli strategik hamkorlikni yanada kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqildi.

Bugungi kunda mamlakatda Air Producs bilan qöşma loyihalar portfeli 2,5 milliard dollardan oşdi.

Uglevodorodlarni çuqur qayta işlaş va kimyo mahsulotlarini işlab çiqariş sohasida innovatsion loyihalarni amalga oşiriş, qişloq xöjaligida ilğor texnologik yeçimlarni joriy etiş, şuningdek, energetika va kimyo tarmoqlari uçun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.