20 avgust – Tadbirkorlar kunida an’anaga köra biznes hamjamiyat bilan muloqot qilgan prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlik sub’yektlari uçun qator yangiliklarni anonsladi. Kun.uz kutilayotgan muhim özgarişlarni sanab ötadi.

Sönggi oylarda tadbirkorlarning e’tirozlariga sabab bölayotgan yuridik şaxslarning limitdan taşqari elektr va gaz iste’moli uçun tarif pasaytiriladigan böldi.

31 mayda qabul qilingan tartibga köra, limitdan ortiqça elektr energiyasi işlatgan yuridik şaxslar ortiqça işlatilgan qismi uçun 2 barobar – kilovatt-soatiga 1800 sömdan tölaşga majbur bölayotgan edi. Oçiq muloqot çoğida prezident bu çeklov qisqartirilişini aytdi.

“Endi elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgaça oşib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste’mol 20 foizdan ötib ketsa, oşgan qismiga tölov 20 foiz qimmatlaşadi. Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “örta” toifadagi korxonalarga elektr uçun oldindan tölovni bir oyda ikkiga bölib tölaşga ruxsat beriladi”, – dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev budjetdan, kreditdan va boşqalardan qarzi bor tadbirkorlarning hisobraqamiga “inkasso” qöyilgani uçun ular elektr, gaz va suvga tölov qila olmayotgani, vaholanki, işlab çiqariş töxtamasa, qarzdorlik tezroq uzilişini ta’kidladi. “Endi “inkasso” bölganda ham, kommunal xizmatlarga tölovlar töxtatilmaydi”, dedi u.

Davlat rahbari Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş masalasiga töxtalib, Özbekiston 2026 yilgaça taşkilotga kiriş niyatida ekanini bildirdi.

“Uşbu taşkilotga kiriş – çuqur öylangan va uzoqni közlagan tanlov, qolaversa, islohotlarimizning ajralmas bir qismi. Lekin ayrimlar bunga şubha bilan qarayapti, boşqalar “korxonalar sinadi, import bosib ketadi” degan xavotir bilan yuribdi. Bir narsani tuşuniş zarur, import bojlari işlaydi. Şuning uçun, taşkilot a’zolari bilan muzokaralar ötkazyapmiz.

[...] Ertangi kunimiz – bu teng raqobat muhiti va eksportga qaratilgan sanoat va savdo siyosati. Iqtisodiyotimizga oldinlari proteksiya qaysidir ma’noda kerak edi. Yana şu yölda davom etsak, imkoniyatlarimiz çeklanib qoladi. Çunki, xalqaro işlab çiqariş zanjirlariga kirmasak, iqtisodiy ösiş biz kutgandek bölmaydi”, – deya qayd etdi prezident.

Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, bundan buyon heç kimda alohida huquq bölmaydi, xoh davlat strategik korxonasi bölsin, xoh xususiy korxona yoki xorijiy investor bölsin, iqtisodiyotda barça teng şaroitda faoliyat yuritadi.