Şotlandiyadagi SaxaVord Spaceport kosmodromida ötkazilgan sinov vaqtida raketa dvigateli portlab ketdi, deb xabar beradi BBC.

Qayd etilişiça, uşbu kosmodrom ötgan yili raketalarni vertikal uçiriş böyiça litsenziyaga ega Britaniyadagi birinçi maydonçaga aylangan. 

Hodisa yuz bergan joydagi kadrlarda Şotlandiya şimolidagi Şetlend orollarida kuçli portlaş yuz bergani tasvirlangan. SaxaVord Spaceport hamda uning Germaniyadagi şerigi Rocket Factory Augsburğning (RFA) ma’lum qilişiça, sinovdan oldin obektdan barça olib çiqilgani bois, heç kimga jarohat yetmagan.

RFA’ga köra, mas’ullar sinov vaqtida yuz bergan holatga oid muammoni hal etiş uçun ma’lumot töplamoqda.

SaxaVord Spaceport Britaniyada orbitaga vertikal uçirişni amalga oşirgan birinçi maydonçaga aylaniş umidini söndirgani yöq. U aprel oyida nazorat organlaridan xavfsizlik böyiça muhim litsenziyani olgan edi.

Maydonça yiliga 30 ga yaqin uçirişlarni amalga oşirişi mumkin. U yerdan kosmosga sun’iy yöldoşlar va foydali yuklarni uçirişda foydalaniladi.

Buyuk Britaniya kosmik sanoati 17,5 milliard funt sterlingga baholanadi, u yerdagi 2,2 mingta kompaniyada 48,8 ming kişi faoliyat yuritadi. «Kornuoll» kosmodromi litsenziya olgan mamlakatdagi birinçi kosmodrom hisoblanadi, ammo uning raketalari samolyot yordamida gorizontal uçiriladi.