21 avgustga ötar keçasi uçuvçisiz uçiş qurilmalar poytaxt Moskvaga va Rossiyaning boşqa regionlariga hujum uyuştirdi.
Moskva şahri meri Sergey Sobyanin telegram-kanalida tunda havo hujumidan mudofaa kuçlari şahar tomon uçib kelgan önta pilotsiz qurilmani urib tuşirgani haqida yozgan. Sobyanin dronlar hujumi haqida soat 03:02 dan soat 04:43 ga qadar vaqt oraliğida xabarlar bergan.
Sobyaninning ilk xabarlarida havo hujumidan mudofaa kuçlari Moskva oblasti Podolsk şahar okrugida dronlar hujumini qaytargani aytilgan. «Parçalar tuşgan joyda, dastlabki ma’lumotlarga köra, vayrongarçiliklar va jabrlanganlar yöq», — degan Sobyanin. «Bu Moskvaga şu vaqtgaça kuzatilgan dronlar bilan hujum qilişga eng yirik urinişlardan biri böldi», — deya qöşimça qilgan Moskva meri.
Rossiyadagi telegram-kanallarda e’lon qilingan bir qança videoyozuvlarda dronlar urib tuşirilişi aks etgan. Hududida dronlar urib tuşirilgan Moskva oblasti rasmiylari hozirça hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Rosaviatsiya xabariga köra, dronlar hujumi vaqtida Moskvadagi Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida parvozlar xavfsizligi uçun vaqtinça çeklov çoralari joriy etilgan, sakkiz samolyot zaxira aerodromlariga yönaltirilgan. Hozirda aeroportlar odatiy rejimda işlamoqda.
Dronlarning «yopirilma» hujumi haqida Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz ham xabar bergan. «Keça keçqurun va tunda samolyot tipidagi 23 ta pilotsiz uçiş apparati tutib olindi va yöq qilindi», — deya yozgan u telegram-kanalida. Bogomaz «barça hujumlar qaytarilgani, jabrlanuvçilar va vayrongarçiliklar yöqligi»ni ta’kidlagan.
Kaluga oblasti gubernatori Vladislav Şapşa telegram-kanalida tunda havo hujumidan mudofaa vositalari Bryansk oblasti bilan çegarada uçta dron urib tuşirilganini ma’lum qildi. Uning qayd etişiça, dronlar odamsiz hududda yöq qilingan. Quruqlikdagi oqibatlar haqida aniqlik kiritilmagan.
Belgorod oblasti ham zarba ostida qoldi, deb xabar qiladi region gubernatori Vyaçeslav Gladkov. Tungi soat ikki atrofida u telegram-kanalida Belgorod şahri va Belgorod rayoni uzra Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi «bir neça havo nişonlari»ni urib tuşirganini aytgan. Gladkovning sözlariga köra, jabrlanganlar va vayrongarçiliklar haqida ma’lumot yöq.
Kursk oblasti rahbari Aleksey Smirnov telegram-kanalida tunda havo hujumidan mudofaa kuçlari region ustida ukrainlarning ikki raketasi va ikki droni urib tuşirilgani töğrisida xabar qoldirgan. U ham quruqlikdagi oqibatlarga töxtalmagan.











