Joriy yilning 23 iyul kuni Toşkentdagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti (TSMRI) va Özbekiston Respublikasi Markaziy banki örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik memorandumini imzolaşdan közlangan asosiy maqsad, akademik muhit va bank regulyatori tomonidan taqdim etilgan moliya sektori örtasidagi aloqalarni yölga qöyiş va özaro integratsiyani mustahkamlaşdan iborat.

Uşbu hamkorlik yaqin kelajakda iqtisodiyot va moliya, investitsiya, axborot texnologiyalari, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari, bank risklarini suğurtalaş sohalarida bilim va tadqiqotlar almaşinuvi uçun yangi jabhalarni oçadi. Bunday yaqin hamkorlik, şubhasiz, TSMRI talabalarining bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlaşga hamda bank sektori va moliya sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni çuqurroq tuşunişga yordam beradi.

Şuningdek, memorandum doirasida qöşma ilmiy loyihalar, talabalarning amaliyot ötaşlari hamda bank xodimlarining kasbiy rivojlanişini oşiriş dasturlarini amalga oşiriş ham rejalaştirilgan.

Reklama