Ğarb davlatlari Kiyevga öz hududida harbiy xizmatga majbur bölgan ukrainaliklarni topiş va ularni Ukrainaga yuborişda yordam berişdan boş tortdi, deb xabar berdi Bloomberg 21 avgust kuni. Unga köra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ikki tomonlama uçraşuvlar doirasida ittifoqçilardan bu haqda söragan. Biroq, naşrning ta’kidlaşiça, «Polşadan Vengriyagaça bölgan» davlatlar siyosatçilari uruş davom etar ekan, ukrainalik qoçqinlarni öz vatanlariga jönatmasliklarini aytişgan.

Bloomberg ta’kidlaşiça, Ğarb davlatlari qoçqinlarni qabul qilişida gumanitar jihatdan taşqari, iqtisodiy tomon ham mavjud - işçi kuçi taqçilligi. Xususan, minglab ukrainalik erkaklar uruş boşlanişidan oldin uzoq yillar Polşa va Çexiyada işlagan. Rossiya hujumi boşlanganidan beri köpçilik janglarda qatnaşiş uçun öz vataniga qaytib keldi. Quriliş va transport kabi tarmoqlarda işçi kuçining çiqib ketişi sezila boşladi.

650 mingga yaqin safarbarlik yoşidagi erkaklar Ukrainani tark etdi

Şu bilan birga, Ukraina rasmiylariga köra, 2022 yil 24 fevraldan buyon safarbarlik yoşidagi 650 mingga yaqin erkak xorijga ketgan. Harbiy kadrlar tanqisligini hisobga olib, Kiyev ularni qaytarişga harakat qilmoqda. 2024 yil 23 apreldan Ukrainaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari 18 yoşdan 60 yoşgaça bölgan erkaklarga konsullik xizmatlarini körsatişni töxtatdi, Ukrainaga qaytiş uçun hujjatlarni rasmiylaştiriş bundan mustasno.

Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba buni mamlakatda uruş ketayotgani va xorijda qoliş safarbarlikka tortiladigan fuqarolarni vatan oldidagi mas’uliyatdan ozod qilmasligi bilan izohladi. «Agar bu odamlar u yerda, olisda frontda kimlardir davlat uçun kuraşib, jonini bersa, kimdir esa çet elda ötirib, şu bilan birga, davlatdan xizmat körsatilişiga işonsa, bu yuz bermaydi», - deya Kulebadan iqtibos keltiradi Bloomberg.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça oliy komissarligi boşqarmasi ma’lumotlariga köra, hozirda 2022 yil fevralida Rossiya keng kölamli hujumidan keyin mamlakatni tark etgan 6 millionga yaqin ukrainalik xorijda qoçqin bölib qolmoqda. Ukraina markaziy banki prognozlariga köra, 2024 yilda yana 400 ming kişi mamlakatni tark etadi.