Rossiya, boşqa narsalar qatori, harbiy va razvedka ehtiyojlari uçun işlatilişi mumkin bölgan Amerika mikrosxemalarini sotib olişda davom etmoqda. 20 avgust kuni The Insider naşri çop etgan suriştiruv mualliflari şunday xulosaga kelişdi. Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, Rossiya Federatsiyasi «raketalar va dronlar navigatsiyasi, internetdagi kontentni filtrlaş va yuzni tanib oliş uçun ajralmas jihat bölgan noyob mikrosxemalarni» olişda davom etmoqda. Bular asosan Amerikaning Intel va AMD kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan DMIM (dasturlaştiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar) yarimötkazgiçli qurilmalardir.
Ularni tegişli litsenziyasiz Rossiyaga eksport qiliş 2020 yilda taqiqlangan va 2022 yilda Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Rossiya Federatsiyasiga har qanday mikrosxemalarni yetkazib berişga embargo kiritilgan. Qonunga köra, ularning işlab çiqaruvçi kompaniyalari öz yakuniy iste’molçilari kimligini tekşirişlari kerak, ammo bu talab köpinça e’tiborga olinmaydi, deb ta’kidlaydi The Insider.
DMIM qurilmalari Rossiyada işlab çiqarilmaydi, şuning uçun ular çet elda sotib olinadi. Bunday holda, yetkazib beriş harbiy-sanoat majmuasi bilan boğliq işlab çiqaruvçilar tomonidan emas, balki oddiy tarqatiş kompaniyalari tomonidan amalga oşiriladi. Umuman olganda, The Insider ma’lumotlariga köra, uruşning ikki yili davomida Rossiyaga kamida 336 million dollarlik bunday mikrosxemalar import qilingan.
Sanksiya ostidagi tovarlar Rossiyaga Germaniyadan kelyapti
Rossiya armiyasi bilan hamkorlik qiluvçi «Promtex» kompaniyalar guruhi sanksiyalarga qaramay, 2023 yilda AQŞ, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlaridan qariyb sakkiz million dollarlik ikki tomonlama maqsadli mahsulotlar import qilgan. Bunday xulosaga Germaniyaning Süddeutsche Zeitung (SZ), NDR va WDR naşrlari, Fransiyaning Le Monde gazetasi va Ukrainaning Trap Aggressor loyihasining 18 iyul kuni çop etilgan qöşma suriştiruvi mualliflari kelişdi.
Jurnalistlarning sözlariga köra, 2015 yilda Fransiyada «Promtex»ning ITGF deb nomlangan şu’ba korxonasi taşkil etilgan bölib, uning direktori «Promtex» asosçisi Valeriy Şadrinning öğli Aleksey Şadrin bölgan. Uzoq vaqt davomida u Rossiyaga tovarlar olib kiriş bilan şuğullangan. Biroq, 2022 yil may oyida «Promtex» rasman ITGF aksiyalaridan voz keçdi va öşa yilning dekabr oyida Turkiyada Enütek Makina Sanayi nomli yangi şu’ba korxonasini röyxatdan ötkazdi.
Rossiya importi töğrisidagi ma’lumotlarni tahlil qilgandan söng, suriştiruv mualliflari Enütek Makina Sanayi, şuningdek, «Promtex»ning Rossiyadagi şu’ba korxonalariga, şu jumladan Germaniyadan ham ikki tomonlama maqsadli tovarlar yetkazib berganligini aniqladilar. Qayd etilişiça, nemis yetkazib beruvçilari tovarlarning yakuniy oluvçisi Rossiya armiyasi bölişi mumkinligini bilmagan bölişi mumkin. Biroq, kamida bitta kompaniya Enütek Makina Sanayi orqali tovarlar Rossiyaga yuborilişi mumkinligini «tuşungan», çunki 2022 yil 24 fevralgaça u muntazam ravişda «Promtex»ga turk kompaniyasi 2023 yilda buyurtma bergan xuddi şunday uskunani yetkazib bergan.











