23 avgust kuni Köksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat taşrifi bilan kelgan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib oliş marosimi böldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarboyjon prezidenti şarafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va şohsupaga taklif qildi. Özbekiston va Ozarboyjon davlat madhiyalari yangradi.
Yetakçilar faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.


Birgalikda suratga tuşilgandan söng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boşlandi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Köksaroy qarorgohida tor doirada uçraşuv va Davlatlararo oliy kengaşning birinçi majlisini ötkazdi.
Özbekiston bilan Ozarboyjon örtasidagi strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş va kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Davlatimiz rahbari Ozarboyjon prezidentining bu galgi davlat taşrifi tarixiy voqea ekanini alohida ta’kidladi.
- Bugun biz Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani imzolaymiz. Bir neça yil davomida biz birgalikda Özbekiston-Ozarboyjon munosabatlarini davlatlararo hamkorlikning eng yuqori darajasiga kötarişga muvaffaq böldik, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, köp qirrali hamkorlikni ilgari suriş va uni aniq mazmun bilan boyitişning samarali mexanizmiga aylanişi lozim bölgan Davlatlararo oliy kengaşning birinçi majlisi ötkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.









