Viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lumotiga köra, uçraşuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan Farğonada energetika sohasidagi yirik loyihalarga investitsiya kiritiş masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda viloyat rahbariyati kompaniyaning energetika sohasidagi ilğor tajriba va yutuqlarini e’tirof etib, hududda quyoş panellari örnatiş hamda yirik korxonalarga quyoş panelli quvvatlagiçlarini örnatib berişda hamkorlik qiliş istiqbolli ekanligini ta’kidladi.

Özaro hamkorlik doirasida hududlarda ixçam podstansiyalar quriş taklifi ilgari surilib, viloyatdagi sanoat zonalari, xususan, Özbekiston tumanida joylaşgan "Şörsuv" sanoat zonasi haqida ma’lumot berildi. Kompaniya mutaxassislari uşbu sanoat zonasi imkoniyatlarini örgangan holda öz loyihalarini joylaştiriş mumkinligi aytildi.

Ezgu taşabbus ijrosini ta’minlaş maqsadida mas’ullar biriktirilib, kompaniya vakillari bilan birgalikda sanoat zonasini örganiş va istiqbolli loyihalar böyiça iş boşlaş böyiça kelişib olindi.