2023 yil oktyabr oyida Mahaçqal’a xalqaro aeroportida yuz bergan tartibsizliklarning beş nafar iştirokçisi töqqiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm etildi. Bu haqda 23 avgust, juma kuni Krasnodar ölkasi sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Hukmlarni Armavir şahar sudi çiqargan. Sud Anvarbek Atayev, Islom Ibrohimov, Magomed Omarasxabov, Salik Ramazonov va Rabadan Rajabovni ommaviy tartibsizliklarda iştirok etganlikda aybdor deb topdi. Rajabov, şuningdek, hukumat amaldoriga nisbatan zöravonlik qöllaş bilan boğliq jinoyatda ham aybdor deb topildi, deb xabar beradi sud matbuot xizmati.
Sudlanuvçilar Mahaçqal’a aeroportida «taşkilotçilarning çaqiriği bilan milliy va diniy adovat maqsadida olomonning bir qismi sifatida harakat qilib, ommaviy tartibsizliklarda qatnaşgan», deyiladi hukmda.
«Noroziliklarning sababi bortida Isroil fuqarolari bölgan samolyotning Tel-Avivdan aeroportga kelişi bölgan, ayblanuvçilar olomon bilan birga Tel-Avivdan kelgan yölovçilarni qidirib, kordonni yorib ötib, terminal eşiklarini sindirib, samolyotning töxtaş joyiga kirib ketişgan», - deya eslatadi matbuot xizmati.
Sud jarayonida ayblanuvçilar öz ayblariga iqror bölmadi, biroq u iş böyiça tekşirilgan dalillarning yiğindisi bilan aniqlandi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Natijada sud Anvarbek Atayev, Islom Ibrohimov va Salik Ramazonovni olti yil-u tört oy, Magomed Omarasxabovni olti yil-u olti oy muddatga umumiy rejimdagi koloniyaga jönatiş haqida qaror çiqardi. Sodir etilgan jinoyatlar yiğindisidan kelib çiqib, Rabadan Rajabov qisman qisman qöşib töqqiz yil muddatga hukm qilindi.
Hukmlar qonuniy kuçga kirmadi.
Mahaçqal’a aeroportidagi tartibsizliklar
2023 yil 29 oktyabr kuni keçqurun Tel-Avivdan Red Wings aviakompaniyasining navbatdagi reysi yetib kelguniga qadar bir neça yuz kişi Mahaçqal’a xalqaro aeroportiga bostirib kirdi. Ular bir neça soat davomida aeroportni egallab oldi va yahudiylarga qarşi şiorlar bilan har bir xonaga kirib, yahudiylarni qidirdi. Tartibsizliklar qatnaşçilari eşiklarni buzib, aeroport hududidan çiqib ketayotgan maşinalarni tösib qöygan, özboşimçalik bilan u yerdagi odamlarning pasportlarini tekşirgan va yetib kelgan samolyotga kirişga harakat qilgan.












