Rossiyaning zaxira kuçlari harbiy harakatlar hududiga yetib kelganiga qaramay, Ukrainaning Kursk oblastidagi yurişi davom etmoqda. Ukraina qurolli kuçlari çegara böylab platsdarmni kengaytirişga hamda bir vaqtning özida RF hududi içkarisiga kirib borişga urinmoqda. Bu vaqtda esa RF qurolli kuçlari Donetsk oblastida — Pokrovsk şahri janubida va Toretsk aglomeratsiyasida ukrain mudofaasini yorib ötgan. Rossiyaning yurişi Ukrainaning Kursk oblastidagi hujumidan keyin töxtaş örniga sezilarli darajada kuçaygan.
Kursk oblasti
Kursk oblastidagi eng şiddatli janglar Sudja — Kursk (Martinovka qişloği hududida), Sudja — Lgov trassalarida hamda Korenevo rayoni markazida olib borilmoqda, bu rayon markazi Ukraina qurolli kuçlarining ğarb tomon Rilsk yönalişida harakatlanişini tösib turibdi.
Ukraina qurolli kuçlari Korenevoni janubdan va şimoldan aylanib ötişga harakat qilmoqda. Janubda ukrain kuçlari kamida Snagost qişloğining bir qismini egallab olgan, şuningdek Komarovkaga kirgan. Şimolda — Olgovka egallangan, bu yerdan Korenevo — Lgov temiryöli böylab şimolga yurilgan. Hamon Korenevo hududida aniq front çiziği yöq, Rossiya qöşini pistirmalardan turib harakatlanmoqda, şuningdek dronlar zarbalari bilan ukrainlarning mobil guruhlarini töxtatişga harakat qilmoqda.

- Ukraina qurolli kuçlari Korenevodan janubda, çegara va Seym daryosi örtasida joylaşgan hududni ihodalaş harakatlarini davom ettirmoqda. Ukraina aviatsiyasi va raketa qöşinlari mazkur hududda Seym ustidan ötgan uçta köprikni ham yöq qilgan; rossiyaliklarning muhandislik bölinmalari ponton ötiş yöllarini örnatişgan; ammo öz navbatida, ular ham bombardimon qilingan. Katta ehtimol bilan havo amaliyotining maqsadi — Rossiya qöşinlari Gluşkovo rayoni markazida töplanişiga yöl qöymaslik hisoblanadi, aks holda bu yerdan Ukraina qurolli kuçlarining çegara böylab joylaşgan Korenevo guruhi qanoti va front ortiga zarba berilişi mumkin.
- Korenevodan şimoli-şarqda ukrain qöşini Kauçuk posyolkasini uşlab qoliş hamda harakatlaniş qiyin bölgan hududlar böylab Sudja — Lgov trassasi böyidagi Kromskiye Biki posyolkasiga yetib borişga muvaffaq böla olmadi. Trassaning özini rossiyaliklar janubroqda — Malaya Loknyada örnatilgan tösiqlar bilan himoya qilmoqda.
- Ukraina qurolli kuçlari Sudjadan şimolroqda, Martinovka posyolkasida va Sudja — Kursk trassasida rossiyaliklar mudofaasini yorib ötişga harakat qilmoqda. Katta ehtimol bilan, Martinovka bir neça bor qöldan qölga ötgan; trassadan ğarbda Ukraina qurolli kuçlarining mobil guruhlari Russkiy Poreçniy va Neçayevda töxtatilgan; trassadan şarqda — Russkaya Konopelka uçun oğir janglar ketmoqda, ammo baribir ukrainlar Martinovkani şarqdan aylanib ötişgan.












