«Öz-özini himoya qiliş maqsadida uşbu tahdidlarni bartaraf etiş uçun TsAHAL Livandagi „Hizbulloh“ harakati tinç aholiga qarşi hujumlar uyuştirmoqçi bölgan terrorçilik obektlariga zarba bermoqda», — degan Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagari.
Harbiylar Livan böylab zarbalar berişni boşlagaç, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant mamlakatda 48 soat muddatga favqulodda holat rejimi e’lon qilgan. Tel-Aviv xalqaro aeroporti reyslarni qabul qilişni va jönatişni töxtatgan.
Keyinroq Hagari «harbiy-havo kuçlarning önlab samolyotlari Janubiy Livandagi qator lokatsiyalar böylab zarba berayotgani»ni aytdi.
Isroil xavfsizlik kabinetining şoşilinç yiğilişi çaqirilgan.
TsAHAL bayonotidan köp ötmay «Hizbulloh» Isroilga dronlar va raketalar orqali keng kölamli hujum boşlaganini ma’lum qildi.
Harakat telegram-kanalida aytilişiça, «Hizbulloh» şu tariqa Bayrutda yaqinda öz harbiy qanoti qömonboni Fuad Şukr öldirilganiga «dastlabki javob»ni berayotganini bildirdi.

TsAHAL ma’lumotiga köra, Livandan Isroil tomonga 150 dan ortiq dron va raketalar uçib kelgan. «Hizbulloh» esa Isroildagi 11 ta harbiy nişon tomon 320 ta raketa uçirganini e’lon qilgan.








