Milliy gvardiya qömondoni general-mayor Rustam Jörayev «Parij-2024» Olimpiya öyinlarida iştirok etgan Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari kapitan Bahodir Jalolov va kapitan Hasanboy Dösmatovga muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvonlarini topşirdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Tantanali tadbir davomida Milliy gvardiya qömondoni buyruği bilan «Parij-2024» XXXIII yozgi Olimpiada öyinlarida munosib iştirok etgan Milliy gvardiya harbiy xizmatçi va xodimlari, ularning murabbiylari hamda ğoliblarning ota-onalari rağbatlantirildi.

Jumladan, Milliy gvardiyaning «A’lo xizmatlari uçun» kökrak nişoni va esdalik qimmatbaho sovğasi bilan, Milliy gvardiyaning Toşkent şahar böyiça boşqarmasi harbiy xizmatçisi kapitan Bahodir Jalolov hamda Milliy gvardiyaning Andijon viloyati böyiça boşqarmasi harbiy xizmatçisi kapitan Xasanboy Dösmatov taqdirlandi. Şuningdek, har ikki boksçining onalari Milliy gvardiya esdalik qöl soati bilan taqdirlandi.

Boks böyiça Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Tölqin Qiliçev, Özbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Rözioxunov hamda boks böyiça Özbekiston ayollar terma jamoasi boş murabbiyi, Milliy gvardiya Ixtisoslaştirilgan öquv markazi katta öqituvçisi podpolkovnik Elşod Rasulov «Milliy gvardiya fidoyi xodimi» kökrak nişoniga munosib körildi.

Bundan taşqari, Milliy gvardiya şaxsiy tarkibi orasida özlarining sadoqati, jasorati va mardligi bilan örnak bölib, ustoz-şogird an’analariga muvofiq harbiy xizmatçilar va yoşlar orasida sportni tarğib qilişga qöşgan ulkan hissasi uçun, kapitan Bahodir Jalolov va kapitan Xasanboy Dösmatovga Qurolli Kuçlar Oliy boş qömondonining ruxsati bilan navbatdan taşqari podpolkovnik harbiy unvoni muddatidan oldin berildi.