Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Hindistonda tinçlik sammitini ötkaziş taklifini bildirdi. Davlat rahbari uşbu taklifini Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan uçraşuvda ilgari surgan, deb xabar beradi Bloomberg.
Zelenskiy noyabr oyida AQŞda ötkaziladigan prezidentlik saylovlaridan oldin ikkinçi uçraşuvni ötkazişni rejalaştirmoqda. Manbalarning qayd etişiça, Modi hozirça bu turdagi sammitni ötkazişga rozilik bermagan. Zelenskiy matbuot kotibi Sergey Nikiforovning ma’lum qilişiça, keyingi sammitni janubiy davlatlardan birida, xususan, Hindistonda ötkaziş imkoniyati körib çiqilmoqda.
Öz navbatida Modi tinçlik jarayonida «konstruktiv rol» öynaşga tayyorligini bildirgan, biroq Hindiston TIV vakili Randhir Jaysvalning sözlariga köra, «bu bosqiçda aniq mexanizmlar va yöllar haqida gapirişda juda erta».
Modi 23 avgust kuni Kiyevga taşrif buyurib, Ukraina suverenitetini qöllab-quvvatlaşini bildirgan edi.
Iyul boşlarida RF Taşqi işlar vazirligi rahbari örinbosari Mixail Galuzin Rossiya Ukraina böyiça ikkinçi tinçlik sammitida iştirok etmoqçi emasligini ma’lum qilgandi. 15-16 iyun kunlari Şveytsariyada ötkazilgan birinçi tinçlik sammitiga Rossiya delegatsiyasi taklif qilinmagan edi. Konferensiyada Ukraina prezidentining tinçlik formulasi böyiça ayrim bandlari muhokama qilingan. Sammit yakunida 80 ga yaqin davlat tomonidan kommyunike imzolangan.
Tadbir avvalida Rossiya prezidenti Vladimir Putin jangovar harakatlarni töxtatiş va muzokaralarni boşlaş şartini e’lon qilgandi. U Kiyevdan Rossiya armiyasi tomonidan egallangan Xerson, Zaporojye, Donetsk va Lugansk viloyatlaridan ukrain qöşinlarini olib çiqib ketiş, şuningdek, NATOga qöşilişdan voz keçişni talab qildi. Zelenskiy Rossiya prezidentining talabini ultimatum deb atadi.








