Parij Paralimpiadasida para yengil atletika bahslarida navbatdagi medallar qölga kiritildi.

F37 klassida yadro uloqtiriş finalida Qudratulla Ma’rufxöjayev 16.37 metr natija bilan çempion bölgan bölsa, 15.24 metr natija körsatgan Tolibboy Yöldoşev bronza medaliga ega çiqdi.

Şu tariqa Özbekiston delegatsiyasining medallari 6 taga yetdi — 2 tadan oltin, kumuş va bronza. Umumjamoa hisobida hozirça 8-öringa joylaşganmiz.