Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportni rekonstruksiya qiliş loyihasi doirasida xalqaro aviaqatnovlar terminalining maydoni 45 ming kvadrat metrdan 65 ming kvadrat metrgaça kengaytirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ ötkazgan press-turda ma’lum qilindi.


Obektni avtomobillar turar joyi tomon suriş orqali kengaytirişga erişilgan. Şu munosabat uçib ketiş terminali oldidan panjaralar olib taşlanib, transport vositalarining bino yonigaça kiriş imkoniyati yaratilgan.
Ma’lumot uçun, terminalga kiriş yölagiga YHXX tizimlari bilan integratsiyalaşgan yöl kameralari örnatilgan bölib, tizim avtomatik ravişda işlaydi. Ya’ni kiriş liniyasida ruxsat etilgan töxtaş vaqtidan oşib ketgan avtomobil egalariga avtomatik ravişda jarima bildirişnomasi yuboriladi. Hozirda terminalda töxtab turiş vaqti barça yengil avtomobillar, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uçun 10 daqiqagaça deb belgilangan.
Uçib ketiş terminalining özida maydoni 2,5 ming kvadrat metrdan ortiq zal qurilib, foydalanişga topşirildi. Unga kiraverişda yölovçilar va kuzatuvçilar uçun dastlabki tekşiruv taşkil etilgan. Bunda odamlar bagajlarini skanerga joylaştirişlari va arkali metall detektordan ötişlari kerak böladi.


Zalda 40 ta: umumiy zalda 37 ta, SIP zalida 2 ta va VIP zalda 1 ta röyxatga oliş peştaxtasi mavjud. Ba’zi xizmatlardan, xususan, bagajni qadoqlaş, sim-kartalarni sotib oliş, bankomat xizmatlari, zaryadlaş stansiyalari va vending avtomatlaridan foydalaniş mumkin.

Röyxatdan ötiş joyiga çiqiş uçun uşbu zonada lift, zina va eskalator (travalator) örnatilgan. Şular orqali tepa qavatga çiqib oliş mumkin.















