Uzbekistan Airports xabariga köra, şu munosabat bilan yölovçilarni kuzatiş va kutib olişda avtoturargohlarga kirişda qiyinçiliklar yuzaga kelişi mumkin.

Şirkat vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söragan.

Bundan oldin Toşkent aeroportida kuzatuvçilar terminalga kirişiga vaqtinçalik çeklov joriy etilgandi. 

Bu ziyoratçilarning Haj safariga jönab ketişi va Hajdan qaytib kelişi, şuningdek, Toşkent xalqaro aeroportida olib borilayotgan rekonstruksiya işlari munosabati bilan amalga oşirilmoqda.

Terminal binosi va terminal oldi hududlarda tirbandliklar hamda tiqilinç holatlarning oldini oliş maqsadida çeklovlar joriy yil 31 iyuliga qadar amal qiladi.