Frankfurt-Mayn aeroporti yaqinida joylaşgan Germaniya Parvozlar xavfsizligi agentligi (DFS) hakerlar hujumiga uçradi, deb xabar beradi DW.

«Ofisdagi aloqalarimiz buzib kirildi, ayni vaqtda biz himoya çoralarini körmoqdamiz», — deyiladi xabarda. DFS ma’lumotlariga köra, mutaxassislar hujum oqibatlarini minimallaştiriş ustida iş olib bormoqda.

Qayd etilişiça, havo qatnovlari jadvaliga zarar yetmagan, reyslar öz rejimida parvozlarni amalga oşirmoqda. Kiberjinoyatçilar qaysi turdagi ma’lumotlarni qölga kiritgani oçiqlamadi.

Germaniya xavfsizlik organlari vakillari sodir bölgan voqea yuzasidan xabardor qilingan.

Eslatib ötamiz, 2023 yil yanvarda Germaniyadagi hukmron Sotsial-demokratlar partiyasining poçta serverlari Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi boş boşqarmasi nazorati ostida faoliyat yuritişi aytiladigan ART28 guruhi hakerlari tomonidan buzib kirilgan edi.

Avgust oxirlarida esa nemis xavfsizlik organlari noqonuniy yöllar bilan kurerlik xizmatlari tarmoqlariga kelib tuşgan alangalanuvçi qurilmalardan ogohlantirgandi. Ogohlantiriş Leypsigda joylaşgan DHL logistika markazida yuz bergan köngilsiz hodisadan keyin e’lon qilingan. Boltiq davlatlaridan biri tomonidan yuborilgan posilka kompaniyaning global aviataşuvçi markazida yonib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin oqibatida butun boşli yuk konteyneriga zarar yetgan, ammo alanga tezda öçirilgan. Holat böyiça tergovni Germaniya Federal prokuraturasi olib bormoqda.