Misr Efiopiyadagi «Uyğoniş» töğoni atrofida sodir bölayotgan voqealar sabab BMT Xavfsizlik kengaşiga maktub yölladi.
«Misr taşqi işlar vaziri Badr Abdulati 1 sentabr kuni Efiopiya boş vazirining «Uyğoniş» töğonini töldirişning beşinçi bosqiçi haqidagi bayonotidan keyin BMT Xavfsizlik kengaşi raisiga maktub yölladi», — deyiladi xabarda.
Abdulati öz maktubida Misr Efiopiyaning töğon masalasi böyiça siyosatini qat’iy qoralaşini, mamlakat 2015 yilda Misr, Sudan va Efiopiya örtasida imzolangan xalqaro huquq hamda bitim tamoyillarini buzayotganini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanişiça, sönggi yillarda Nil daryosida suv sathining ortişi va katta sa’y-harakatlarga qaramay, Efiopiyaning noqonuniy siyosati Misr va Sudan uçun xavfli salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. «Misr davlati sönggi yillarda «Uyğoniş» töğoni böyiça bir tomonlama harakatlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etişga salmoqli hissa qöşdi», — deyiladi xabarda.
Efiopiya 2012 yildan beri Nilda töğon quriş böyiça keng kölamli loyihani amalga oşirib kelmoqda. Ekspertlarning fikriça, uning işga tuşirilişi Sudan va Misrda suv tanqisligini yuzaga keltiradi.
2020 yilning yoziga kelib, Efiopiya energetiklari Kök Nil daryosida «Hidase» gidroelektr stansiyasi qurilişining asosiy bosqiçini yakunlagan edi. U Afrika qit’asidagi eng kattasi, jahonda yettinçi örindagi böladi, bu GES Efiopiyani iqtisodiy rivojlanişning yangi bosqiçiga olib çiqişi, biroq mamlakatning kutilayotgan gurkiraşi, daryoning quyi oqimida yaşovçi 160 million kişi uçun ulkan muammolar yaratişi ham mumkinligi aytilgandi.
«Hidase» GESning balandligi 560 metr, kengligi 1700 metr bölgan töğon Efiopiyaning eng ğarbiy qismida Sudan çegarasiga 7 kilometr yetmasdan Kök Nilning suvini tösgan. Töğondan 800 kilometr quyi qismida Kök Nil Oq Nil bilan qöşiladi va yerda Sudan poytaxti Xartum joylaşgan.








