Oltiariq tumanining Zilxa mahallasida 109 yoşli Şahrixon momo Teşaboyeva istiqomat qiladi. U 45 kun içida qurib bitkazilgan Katta Farğona kanali bunyod etilişida iştirok etgan. Ikki asr bilan yuzlaşgan momo mustaqillikning öttiz uç yilligi munosabati bilan “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Momo ançayin tetik. Har bir farzandining ovozidan tanir ekan.
“Katta Farğona kanali qazilayotgan damlar hamon yodimda. Qanor qopga tuproq-loy solib, tepalikka taşirdik.

Erkaklar tuproqni qazib berişardi, ayollar ularni zambilda tepaga olib çiqardi. San’atkorlar kelib qöşiq aytişib, köngiloçar tadbirlar uyuştirilardi.

Bolalarimning ovozini olis masofadan ham ilğab kimligini bilib olaman. Farzandim bölgandan keyin tanimayman-da?! 3 qizim bor: Latifaxon, Malikaxon, Karomatxonlar. Ibrohim, Ma’rufjon, Nosirjon, Ismoiljon öğillarim böladi. Köplar yoşim bir joyga borib qolganidan farzandlarim ismini esdan çiqargan deb öylaşar ekan. Hammasini taniyman.

Nabira, çevaralar köp. Köpligidan sonini ham bilmayman. Allohga şukur. Baxtimga bolalarim soğ bölişsin, bolalariga boş bölişsin. Işlariga rivoj tilab doim duodaman”.
Dunyodagi baxtli öğilman...
“Dunyodagi eng baxtli öğilman. Onam 109 yoşda, hayotlar mana. Oilada 7 farzandmiz, katta akam 1945 yilda tuğilgan edilar, dunyodan ötganlar. Katta opam hozir 80 yoşda. Otam rahmatli mehnatkaş, halol odam bölgan. Töy-ma’rakalarda oşpazlik qilardi, dalada ham işlardi. Otam 1980 yilda olamdan ötgan.

Yoşligimizda pilla qurtlari boqqanmiz. Onamning hayoti mehnat içida ötgan.
2 yoki 3-sinfda öqib yurgan vaqtimda otam şiyponda qorovul edi. Men ularga ovqat olib borib berardim. Keç kuzda ham otam öşa yerda tuni bilan qolib ketardi. Körak çuvirdik, bir döppi körak, paxta çuvişimizga tanga beriladi deyişgani uçun bir-birimizga qiziqib paxta çuvirdik.

Şunday oğir davrlarga ham guvoh bölganmiz. Onam 109 yoşda bölsa ham xotiralari ança yaxşi, özlari yura oladi, quloqlari ham yaxşi eşitadi. Onamning umrlari uzoq bölsin ilohim, baxtimizga soğ-omon bölsin”, deydi momoning öğillaridan biri Ma’ruf Teşaboyev.
80 yoşdaman, onam yonimda...
“Xudoga şukur 109 yoşga kirgan onam bor. Es-huşi, xotirasi joyida, şu yoşda ham özlarini eplaydi. Nabira, çevaralarni duo qilib turadilar doim. 80 yoşdan ötdim. Köçaga çiqqanimda onam haqida gapirsam ba’zilar hayron bölib, onangiz hali ham hayotlarmi deb söraşadi.

Ota-onam Katta Farğona kanali qazilişida qatnaşgan. Prezidentimizga rahmat, onamning şunça mehnatlarini qadrlab “Şuhrat” medali bilan taqdirladi.

Onam tong sahardan dalaga çiqib işlar, tunlari ham uyda non yopib, kir yuvib uy yumuşlarini qilganlar. Hozir mana tinç davrlardamiz, Allohga şukur. Biz körmagan kunlarni bolalarimiz körişsin, ilohim”, – Malika Orifjonova, momoning qizi.
Munavvar Teşaboyeva 109 yoşli momoning uzoq umr körişining sababi keng fe’lligida deb biladi:
«Enamning nabira keliniman. Bu xonadonga kelin bölib tuşganimga 14 yil böldi. Prezidentimiz farmonlari bilan enam “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bu yoşgaça yetişning özi bölmaydi.

Enamning 109 yoşga kirişiga ham yaxşi ovqatlanişi sabab bölsa kerak. Injiqlik qilib hammani bezovta qilmaydi. Otamlar ularga ğamxörlik qilib, yaxşi e’tibor beradi. Bolalarimni tarbiyalaşda ham ularning xizmatlari katta. Farzandlarimni quçoqlariga olib doim mehr körsatadi.


Enamning bir xislatlarini juda qadrlayman. Juda e’tiborlilar barçaga, uyimga borib kelsam ham uydagilarimning birma-bir ahvolini söraydilar. Yangi kiyimlar kiyib yuring, bir xil kiyimda yuravermang deb e’tibor berib turadilar. Betob bölib qolsak ham mehribonlik qilib, ğamxörlik qiladi. Ilohim umrlari bundan ham uzun bölsin”, deydi u.
Qaynonam mahalla faxri...
“109 yoşga kirgan qaynonam bor, özim 80 yoşdan oşdim. Ular meni hozirgaça ovozimdan, yuz-közimdan yaxşi taniydi. Qaynonam mahallamiz faxri.

Köpçilik ularni hurmat qiladi, duolarini oladi. Barçamizga şu yoşlarga kirib yuriş nasib qilsin, bolalari, nevaralarining baxtiga soğ-omon bölsinlar”, dedi momoning 80 yoşli kuyovi Hamidjon Orifjonov.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Operator va montaj ustasi – Sardor Mamirov








