Biznes-ombudsman xabariga köra, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tomonidan respublika tijorat banklari orqali 50 million AQŞ dollari ekvivalentida milliy valutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi oçiladi.
Bunda:
- tijorat banklari tomonidan Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar böyiça belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 3 foizdan oşmagan miqdorda örnatiladi;
- kredit mablağlari turoperatorlarga 2 yillik imtiyozli davr (foiz va asosiy qarzdan) bilan 10 yil muddatga ajratiladi;
- Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tomonidan tijorat banklariga resurslar 3 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga ajratiladi.








