Prezidentning “Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantiriş va sohada loyiha boşqaruvi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, “Jozibador manzil – loyiha – infratuzilma – tadbirkor – tarğibot – sayyoh” zanjiri böyiça loyiha boşqaruvi asosida 34 ta turizm obektining master rejasi işlab çiqiladi hamda 31 ta turizm obektining faoliyati taşkil etiladi hamda rivojlantiriladi.

2026 yil 1 sentabrdan Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda:

2030 yil 31 dekabrga qadar Özbekistonga turistlarni jalb qiliş maqsadida xorijiy davlatlardan taklif etiladigan turoperatorlar vakillarining transport, yaşaş va ovqatlaniş xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi;

mahalliy turoperatorlarning mamlakatga xorijiy sayyohlar oqimini oşirişga qaratilgan xorijdagi tarğibot tadbirlari xarajatlarining 25 foizigaça, biroq 500 million sömdan oşmagan qismi qoplab beriladi;

xususiy tadbirkorlarning sayyohlar uçun madaniy-ommaviy va konsert-tomoşa hamda madaniy tadbirlarni aniq belgilangan hudud va jadval asosida yölga qöyiş bilan boğliq xarajatlarini 1 yilgaça muayyan qismini moliyalaştiriş tartibi joriy etiladi.

Bunda tadbirkorlar tomonidan uşbu tadbirlarni taşkil etişni bosqiçma-bosqiç özi qoplaş şarti bilan moliyalaştiriş çegarasi Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi kengaşi tomonidan belgilanadi.

turizm