Niderlandiya Ma’lumotlar himoyasi boşqarmasi yuzni tanişga möljallangan dasturiy ta’minoti bilan tanilgan Amerikaning Clearview AI kompaniyasini 30,5 million yevro jarimaga tortdi.
Qayd etilişiça, Clearview kompaniyasi milliardlab yuz fotosuratlaridan, xususan, niderlandiyaliklarning yuzlaridan foydalangan holda noqonuniy ma’lumotlar bazasini yaratgan. Kompaniya insonlarning suratlarini internetdan «qirqib olgan». Dasturiy ta’minotdan razvedka va tergov xizmatlari foydalana oladi.
«Agar suratingiz internetda bölsa, u Clearview ma’lumotlar bazasida bölişi va sizni kuzatişlari mumkin. Bu qörqinçli filmlardagi oxirzamon ssenariysi emas», — deydi boşqarma raisi Aleyd Volfsen.
Volfsen bunday turdagi dasturiy ta’minot maxsus xizmatlar uçun muhimligini tuşunişini, lekin uni tijoriy kompaniya boşqarmasligi kerakligini ta’kidladi. «Masalan, politsiyaning özi qat’iy nazorat ostida dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasini boşqarişi kerak», — deydi u.
Ma’lumotlar himoyasi boşqarmasiga köra, mamlakatda Clearview dasturiy ta’minotidan foydalaniş taqiqlangan. Bundan taşqari, nazorat organi kompaniyaga nisbatan maksimal qiymati 5 million yevrodan ortadigan penya ham qöllagan.
Naşrning yozişiça, Clearview jarimaga qarşi heç qanay da’vo kiritmagan, tergov bilan hamkorlik qilmagan va ularga javob qaytarmagan. Şu boisdan kompaniyaning jarimani tölamaslik xavfi bor.
Amerika kompaniyasi oldinroq Fransiya, Buyuk Britaniya va Avstriyada jarimaga tortilgan edi. «Clearview Fransiya hukumatiga heç qaçon jarima tölmagan. Bu rostdan ham katta muammo», — deyiladi xabarda.








