Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasida Suzoq tumanida yaşovçi fuqaro – qişloq fuqarolar yiğinining sobiq deputati uyuşgan jinoiy guruh bilan aloqasi borligi yuzasidan suhbat ötkazildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga tayanib Kaktus.media xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 1984 yilda tuğilgan U.Ş. bilan profilaktik suhbat ötkazilib, uyuşgan jinoiy guruh mafkurasidan voz keçiş majburiyati olingan. Avvalroq uning ijtimoiy tarmoqlarda özbekistonlik kriminal avtoritet Salim Abduvaliyev bilan tuşgan surati paydo bölgan edi.
«Tuşuntiriş tadbirlaridan söng U.Ş. jinoiy aloqadan voz keçdi va Qirğiziston Respublikasining rejalaştirilgan siyosiy yönalişini qöllab-quvvatlaşini ma’lum qildi», deyiladi xabarda.
Milliy xavfsizlik davlat qömitasining qayd etişiça, U.Ş. avvallari Suzoq qişloq kengaşi deputati bölgan va 2023 yil dekabr oyida Suzoq qişloq hokimiyati binosiga yer bilan firibgarlikka aloqadorligi haqidagi dalillarni qismlarga ajratib yöq qiliş maqsadida qasddan öt qöygani uçun 100 ming qirğiz sömi miqdorida jarimaga tortilgan. Şu bilan birga, U.Ş., yonib ketgan binoni ta’mirlaş uçun ajratilgan 6 million qirğiz sömi miqdoridagi zararni qoplagan.
Avvalroq, Qirğizistonda Jogorku Keneşning (parlament) sobiq deputati Nurğozi Aydarov qidiruvga berilgan edi. U xalqaro uyuşgan jinoiy guruh a’zolari hamda Salim Abduvaliyev faoliyatini moliyalaştirişda gumonlanmoqda.








