Rossiya Davlat dumasi deputati, «Spravedlivaya Rossiya» fraksiyasi rahbari Sergey Mironov Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga Rossiya fuqaroligini berişga vaqtinçalik moratoriy kiritişni taklif qildi, deb yozdi «Parlamenskaya gazeta».
Parlament a’zosi «Spravedlivaya Rossiya» 2022 yilda ham xuddi şunday taşabbus bilan çiqqanini eslatdi. Endi keskinlaşgan migratsiya muammolari qonunçilarning diqqat markazida ekan, bu masalani körib çiqişga qaytiş kerak, deb hisoblamoqda u.
Mironov sözlariga köra, davlat «işçilarni ommaviy pasportlaştiriş»ga qarşi turişi va milliy xavfsizlik sohasidagi öz manfaatlarini Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisiga Rossiya fuqaroligini berişga moratoriy joriy etiş yöli bilan himoya qilişi kerak.
«Heç bölmaganda 2026 yilgaça. Şu vaqt içida qonunçilikni tartibga soliş, migratsiya xizmatini isloh qiliş, uni poraxörlardan tozalaş, şuningdek, avval berilgan pasportlarning qonuniyligini tekşiriş mumkin», dedi deputat.
Avvalroq «Spravedlivaya Rossiya» va Liberal-demokratik partiyasi deputatlari Rossiyada migratsiya qonunçiligini keskinlaştiriş va migrantlar huquqlarini çeklaşga qaratilgan qator qonunçilik taşabbuslarini ilgari surgan edi. Parlament a’zolari, xususan, migrantlarga oilasini Rossiyaga olib kelişni, 100 ming rubldan oşiq maoş bilan kuriyer bölib işlaşni, yaqinda Rossiya fuqaroligini olganlarga travmatik qurol sotib olişni taqiqlaşni taklif qildi. Bundan taşqari, harbiy xizmatda röyxatdan ötmaganlarni Rossiya fuqaroligidan mahrum qiliş, şuningdek, migrantlarni vataniga qaytiş çiptasi uçun naqd pulda avans berişga majburlaş taklif etildi.








