Amazon asosçisi yarim milliard dollarlik Koru yelkanli yaxtasidan keyin öz kolleksiyasini törtinçi şaxsiy samolyot bilan boyitdi.

Rolls-Royce dvigatellari örnatilgan Gulfstream G700 dunyodagi eng tezkor şaxsiy samolyotlardan biri hisoblanadi. Uning intereri beşta xona, yuviniş xonasi va hojatxona, şuningdek, katta oşxonadan iborat. Samolyot jami 19 kişini taşiy oladi, Gulfstream G700’ning maksimal parvoz uzoqligi — 14 ming kilometrdan ortiq.

JetSpy servisi ma’lumotlariga köra, Bezosning şundoq ham oldingi Gulfstream G650 modelidan ikkita samolyoti, bundan taşqari, Şveytsariya kompaniyasiga tegişli Pilatus PC-24 havo kemasi mavjud. Mutaxassislarning baholaşiça, Amazon asosçisining aviatsion kolleksiyasi 200 million dollarni taşkil etadi.

Gulfstream G700 samolyoti — bozorda yangi bölib, butun dunyo milliarderlari uning xarid qiliş yölida kuraşmoqda. Taxminlarga köra, joriy yilning iyul oyidan beri amerikalik yana bir milliarder Ilon Mask ham Gulfstream G700 samolyotiga egalik qilmoqda.