Amerikaning Google korporatsiyasi dasturçilar uçun Android 15 rasmiy versiyasini çiqardi. Android 15 bazaviy kodini Pixel smartfoni foydalanuvçilari uçun möljallangan Android Open Source Project (AOSP) loyihasidan topiş mumkin.
Circle to Search funksiyasi endi Shazam kabi musiqalarni tanib oliş imkonini beradi - jamoat joylaridagi video va treklardan nomi va ijroçini bilib oliş mumkin.
Theft Detection Lock funksiyasi smartfon öğirlanganini avtomatik ravişda darhol aniqlaydi va qurilmani bir zumda bloklaydi. Endi ma’lum ilovalarga kirişni çeklaş, şuningdek, katta ekranli qurilmalar uçun optimallaştirilgan multitasking imkoniyati mavjud.
Avvalroq Google istalgan qulay vaqtda eski smartfondan ma’lumotlarni Pixel 9 smartfoniga ötkaziş imkoniyatini qöşgan edi. Şuningdek, u Gmail elektron poçtasi uçun Gemini sun’iy intellekt funksiyalarini taqdim etdi.
Yangi tizim foydalanuvçilarga multimedia va kamerani mukammal darajada işlatişga yordam berişi ta’kidlanmoqda.











