Xitoydagi eng yirik önta fonddan biri bölgan China Merçans FM öz xodimlaridan oxirgi beş yil davomida tölangan 3 million yuanni (421 ming dollar) qaytarişni söradi, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilişiça, maoşga qöşib tölangan mazkur mablağlar hukumatning iqtisodiy tenglikni ilgari surişga yönaltirilgan yangi taşabbusidan oşib ketgan. Şu boisdan fond rahbariyati top-menejerlardan 2019 yildan 2023 yilga qadar har yil uçun tölangan ortiqça 3 million yuan mablağlarni qaytarişni söramoqda.
Iş haqini qaytarib oliş orqali davlat kompaniyalari hukumatning iqtisodiy ösiş sur’atlari sekinlaşişi tufayli ijtimoiy va daromadlar tengsizligini bartaraf etişga qaratilgan «umumiy farovonlik» kampaniyasiga qöşilişi mumkin.
Hukumat moliyaviy elita örtasidagi ğayrioddiy turmuş tarzini şu tarzda qaytarmoqda. Fond menejerlari qimmatli qoğozlar bozori yomon körsatkiçga tuşib ketgan bölsa-da yuqori daromadlari sabab diqqat markaziga tuşib qoldi.
Joriy yilning birinçi yarim yilligida Milliy auditorlik ofisidan China Merçans FM’ga taşrif buyurgan. Auditorlarning hisoblaşiça, ayrim firmalarning maoşlari haddan ortiq yuqori va ular limit örnatib, ortiqça tölangan pullarni qaytarişni talab qilmoqda.
Ma’lumotlar şuni körsatadiki, yuqori lavozimli rahbarlar, savdo va investitsiya menejerlarining asosiy maoşlari 1,6 million yuandan 6 million yuangaça.








