Antikorrupsiya agentligi sudda körib çiqilayotgan Aziz Voitov va boşqalarga oid jinoiy işi böyiça munosabat bildirdi. Agentlik matbuot kotibi Şerzod Saparov mazkur işda sud majlislari oçiq tarzda ötkazilişi maqsadga muvofiqligini ma’lum qildi.

“Prezidentning 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-sonli farmoniga muvofiq, davlat xizmatçilarining kasbiy faoliyati bilan boğliq huquqbuzarliklarga oid işlar böyiça sud majlislari telekanallar, şuningdek, internet tarmoği orqali jonli efirga uzatilişi lozimligi belgilangan.

Şunga asosan, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi mazkur sud majlisi yuqoridagi farmon talablari asosida jamoatçilik uçun oçiq tarzda ötkazilişi maqsadga muvofiq ekanligini ma’lum qiladi”, deyiladi munosabatda.

5 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudi binosida sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov va boşqalarga (jami 50 kişi) oid jinoyat işini körib çiqiş boşlandi.

Aziz Voitov Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qismi “a” va “v” bandlari (bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda, köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 205-modda 2-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş), 206-modda 2-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) hamda 209-modda 2-qismi “a” bandida (takroran sodir etilgan mansab soxtakorligi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. 

Işni körib çiqayotgan sudya Sardor Sodiqov jurnalistlar sud jarayonini yoritişda aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilişi şartligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uçun, prezidentning 2021 yil iyun oyida qabul qilingan “Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini ta’minlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni bilan oçiq ma’lumotlar sifatida joylaştirilişi kerak bölgan 33 xil toifadagi ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar röyxati tasdiqlangan. Farmonda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va Milliy teleradiokompaniyaga ayrim muhim tadbirlar va sud jarayonlarini jonli efirga uzatiş topşiriği