Kuz oylarida Antaliyada ob-havo bahor kabi yumşoq böladi, yozning issiği ketgan, lekin hali ham quyoşli kunlar saqlanib qolgan. Harorat taxminan 20-25°C atrofida bölib, bu sayyohlar uçun juda qulay - bu sizga faqat dengizdan zavqlaniş emas, madaniy hordiq, unutilmas taassurotlar va xotiralar beradi.

Mö’tadil harorat sayohatçilarga ikki karra maroqli: bu paytda hali dengiz suvi sovimagan va çömiliş uçun imkon bor. Bir sayohatning özida ham yozning, ham kuzning, ham bahorning nafasini his qiliş uçun şuning özi yetarli.


Har mavsumdagi ommaviy turistlar oqimi kuzning oxiriga borib kamayadi, şu bois plyajlar va madaniy obektlar juda tiqilinç bölmaydi. Bu esa xotirjam, şovqin-suronlarsiz, osoyişta dam oliş imkonini beradi.


Eng qulay tomoni bu pallada katta ta’til tugab, sayyohlar oqimi nisbatan kamayişi sababli har ikkala şaharda ham mehmonxonalar, restoranlar va ekskursiyalar narxlari sezilarli darajada arzonlaşadi. Bu bilan siz yozda bir kişiga möljallangan sayohat uçun ikki kişi bölib dam olişingizga imkon yaratiladi.
Şuningdek, kun böyi dengiz böyidagi sokin manzarani tomoşa qilib tinçlangan kayfiyatni keçki şoular kötaradi. Antaliya kuz oylaridagi madaniy tadbirlari bilan maşhur. Teatrlar, festivallar, san’at körgazmalari şu vaqtda köplab taşrif buyuruvçilarni jalb etadi.


Qiş yaqinlaşib, atrof-muhit rang-barang körinişga kirib, sayyohlar uçun qator sayohat xotiralari va fotosessiyalar uçun juda yaxşi imkoniyat yaratadi. Kuzgi Antaliya sayohati osoyişta, arzon va madaniy jihatdan boy bölib, dam oliş va sayohat qilişni istaganlar uçun ajoyib tanlov.
























