Elektromobillar sotuvida rekord körsatkiçlar
Avtomobil bozorini tadqiq etiş instituti ma’lumotlariga köra, birgina avgust oyida ukrainaliklar 9,4 mingga yaqin yangi va işlatilgan elektromobil xarid qilgan. Bu Ukrainada elektromobillarning oylik sotuvi böyiça mutlaq rekord böldi. Yil boşidan hisoblansa, sakkiz oy içida 54,8 mingdan ortiq elektromobil sotib olingan, bu esa 2023 yil davomidagi sotuvlardan ham yuqori.
Sotuvlar dinamikasi ötgan yillarda barqaror ösib bordi, hatto Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi ham bunga tösqinlik qila olmadi. Jumladan, 2021 yilda 15,9 ming, 2022 yilda 23 ming, 2023 yilda esa 54,2 ming avtomobil sotilgan.
Ukrainaliklar işlatilgan avtomobillarni köproq afzal köryapti — ularning uluşi har yili 80 foizdan yuqorini taşkil etmoqda. Gap AQŞdan keltirilgan, asosan, Tesla elektromobillari haqida ketmoqda. Yangi elektromobillar orasida esa köpçilik Xitoy maşinalarini tanlaydi.
“Töğri, Xitoydan elektromobillar importi biroz sekinlaşdi”, — deydi DW bilan suhbatlaşgan Avtomobil bozori tadqiqotlari instituti rahbari Stanislav Buçatskiy. “Bozor ular bilan tölib-toşgan. Şuni hisobga oliş kerakki, Xitoydan keltirilgan yangi elektromobillar 23-25 ming dollarni taşkil qilsa, Tesla’ning işlatilgan rusumi 12-13 ming dollar turadi”.
Yangi avtomobillarning 30 foizi Kiyev va Kiyev viloyatiga töğri keladi. Lekin umumiy statistikada köproq Lviv viloyati yetakçilik qilmoqda. Bunga sabab avtomobillar çet eldan kelişi va bojxona rasmiylaştiruvi Lvivda ötkazilişi.
Avtomobil bozori tadqiqotlari instituti hisoblariga köra, Ukrainada elektromobillar soni allaqaçon 120 mingtaga yetgan, ularning aksariyati yengil avtomobillardir.
“Bu Polşadagiga qaraganda deyarli ikki baravar köp. Biroq Ukrainada 12 milliondan ortiq avtomobil bor, şundan elektromobillar uluşi juda kam — bir foizga yetmaydi. Ammo bu uluş asta-sekin ösib bormoqda”, — dedi Buçatskiy.
Yöl xarajatlari va elektromobillarga texnik xizmat körsatiş.
Kiyev viloyatida yaşovçi Andrey Xlaponin ham elektromobil sotib olgan. “Men Kiyevdan 35 kilometr uzoqlikda yaşayman. 2022 yilda benzin tanqisligi paytida Hyundai Ioniq 5 elektromobilini sotib olişga qaror qildim. Öşa paytda yonilği umuman yöq edi, işga borişga maşina kerak edi”, — deydi u DW bilan suhbatda.







