Angliyaning Katta Mançester hududida asosan çaqaloqlar va yoş bolalarning 300 dan ortiq jasadi kömilgan qabriston topildi. Jasadlarning aksariyati ölik tuğilgan çaqaloqlarga tegişli, deb yozdi The Times.
Naşrning qayd etişiça, bunday qabristonlar butun mamlakat böylab 1980 yillargaça taşkil qilingan. Şu vaqtgaça ölik tuğilgan bolalarning dafn marosimini taşkil qiliş uçun şifoxonalar mas’ul edi. Sands xayriya taşkilotiga köra, bunday bolalar ommaviy qabrlarga dafn etilgan. Lankaşir, Devon, Midlsbro va Haddersfildda ölik tuğilgan çaqaloqlarning qoldiqlari bölgan ommaviy qabrlar allaqaçon topilgan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, Oldhem qabristonidan 303 ta jasad topilgan, ulardan 146 nafari ölik tuğilgan çaqaloq, 128 nafari çaqaloq va yoş bolalar, 29 nafari kattalar. Oçiq manbalarda faqat 147 ta nom mavjud edi.
Uşbu qabriston mahalliy aholidan biri 1962 yilda vafot etgan egizak akalarini topişga urinib, şahar kengaşiga murojaat qilganidan keyin topildi. Ulardan biri ölik tuğilgan, ikkinçisi tuğilgandan beş soat ötib vafot etgan.








